Sayyoradagi so‘nggi oq dog'lar 

4 602

 XX asrning ikkinchi yarmiga qadar Antarktida deyarli o'rganilmadi. 1950-yillarda esa ko‘plab mamlakatlarning olimlari bu materikka diqqatlarini qaratishdi. Antarktidada ko‘plab qutb stansiyalari paydo bo'ldi, bir necha ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazildi va doimiy kuzatuv tarmog‘i tashkil etildi.
 Birinchi sovet antarktik posyolkasiga birinchi rus antartik ekspeditsiyasi shlyuplaridan biri Mirniy nomi berildi. Unga 1956-yilda asos solindi. Undan sal keyinroq Banger vohasida - Oazis stansiyasi va kontinent ichidagi Pionerskaya, Komsomolskaya, Sovetskaya, Borib bo‘lmas Qutb va Vostok stansiyalari birin-ketin ishga tushdi. 0‘z ishini to‘xtatgan stansiyalar o‘rniga yangilari qurildi. Vostok stansiyasi atrofida qadimiy ko'lning topilishi sovet olimlariga shon-shuhrat keltirdi. 

 Antarktida - sayyoraning eng yuqori qit’asi (o'rtacha balandligi 2040 m) bo‘lib, eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega. Materikning iqlimi ham jumboqli. Agar Antarktida yarim oroli zonasida oxirgi o‘n yilliklarda harorat ancha ko‘tarilib, muzliklar chekinib boshlagan bo‘lsa, Antarktidaning sharqiy va markaziy rayonlarida esa buning aksi ya’nu havoning sovub ketishi kuzatilmoqda. 1985-yilda qit’a ustida «ozon tuynugi»ning ochilishi olimlar va jamoatchilikning diqqatini tabiatga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi va iqlimning xavfli o‘zgarishlariga olib keluvchi faoliyatiga jalb qildi. Hozir, XXI asr boshlariga kelib «Ozon tuynugi»ning kengayishi deyarli to'xtatildi. Demak, ommalashib ketgan iqlimning isishi haqidagi nazariyani ehtimol tubdan qayta ko'rib chiqishga to‘g‘ri kelar?

  Antarktidani o'rganish uchun xalqaro Qo‘mita tashkil etildi, u Antarktidani tinchlikva do‘stlik materigi deb e’lon qildi. «Arktikaning aksi» degan mа’noni angiatuvchi An­tarktida nomini britaniyalik okeanograf va tabiatshunosi Jon Myorrey taklif qilgan. 1886-yilda и birinchi bo‘lib janubiy materikning konturlarini haritaga kiritdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.