Antarktida muzliklari ostida yuzga yaqin vulqon aniqlandi.
Olimlar Yer sayyorasidagi eng katta vulqon mintaqasini kashf qilishdi, deya xabar bermoqda Guardian nashri. Antarktida g'arbidagi abadiy muzliklar ostida, bir necha km chuqurlikda joylashgan vulqonlar Edinburg universiteti tadqiqotchilari tomonidan topilgan. Kashf qilingan 91 vulqondan eng kattasining balandligi 4 ming metrgacha etadi.
Hozirga qadar Afrika sharqidagi vulqon tizmalari sayyoramizning eng zich vulqon mintaqasi hisoblanib kelar edi. Ammo geologlar fikricha, yangi ochilgan yirik vulqonlar tizmasi jahonda birinchilikni da'vo qila oladi.
Ayni paytda ushbu hududda joylashgan vulqonlar faolligi xavotir olimlarda xavotir uyg'otmoqda. Ularning ogohlantirishicha, Antarktida vulqonlari uyg'onishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ammo vulqonlarning faollik darajasi hozircha noma'lum.
«Agar ushbu vulqonlarda biri harakatga keladigan bo'lsa, bu g'arbiy Antarktidaning muz qatlamlaridagi vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Muzning erishiga olib keladigan har qanday sabab dengiz tomon harkatlanadigan muz oqimini tezlashtiradi», – deydi muzliklar bo'yicha mutaxassis Robert Bingham.
Olimlar 91 ta yangi vulqon aniqlanganini aytishgan. Hozirga qadar Antarktidada jami 47 ta vulqon aniqlangani, yangi kashfiyotning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligidan darak beradi. Vulqonlar balandligi 100 metrdan 3 850 metrgacha boradi.
Vulqon cho'qqilarining hammasi muz ostida, ayrimlari hatto 4 kmdan ortiqroq chuqurlikda joylashgan. Ularning barchasi qit'aning g'arbidagi Antarktida tog' tizmasiga mansub.
Antarktidada muzosti vulqonlarining aniqlanishi juda muhim kashfiyot bo'lib, vulqonlardan birining harakatga kelishi nafaqat janubiy qutbdagi materik iqlimiga, balki sayyoramizning boshqa hududlariga ham bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.