Yer sayyorasining o’rganilmay qolgan joylari 

2 057

Uzoq fazo olamini o’rganishga tayyorlanayotgan zamonaviy insoniyat ulkan kashfiyotlar qilmoqda. Biroq hali ham o’z Yerini oxirigacha tadqiq eta olmadi. Ma’lum bo’lishicha, sayyoramiz xaritasida «oq dog`lar» sifatida qolgan joylar hali ham mavjud.
Grenlandiya oroli
Shimoliy orolning uzoqligi va keskin iqlimi uning hududini batamom o’rganish imkonini bermaydi. Qiyinchiliklar doimiy sovuq va Grenlandiya yuzasini 80 foizini qoplagan muz «qalqoni» mavjudligi bilan bog`liq.
Kolumbiya tog`lari
Kamdan kam ekspeditsiya shimoliy Kolumbiya tog`larini o’rganishga qaror qiladi. Bunday qo’rqmas qadamga faqat eng fidokor olimlar jasorat ko’rsatishi mumkin. U yerda narkotik moddalari bilan savdo qiluvchilar bor: g`orlar bilan «kesilgan» tog`larda huquqni himoya qilish vakillari kuzatuvidan uzoqlashish mumkin. Tog` tizmasi bo’ylab sayohatdan qaytib kelganlardan kamchiligi u yerda hayvonot va o’simlik dunyosining betakror vakillari mavjudligi haqida gapirib beradilar.
Amazoniya o’rmonlari
Kartograflar Amazonka hududi atrofining aniq chizmasini chizishdan mamnun bo’lardilar. Biroq ularning yo’lida – sayyoradagi o’tib bo’lmas, eng zich o’rmonlardan biri joylashgan. Bu yerda tashqi sivilizatsiyadan xabari bo’lmagan yovvoyi qabilalar ham yashaydi.
Papua – Yangi Gvineya
Yangi Gvineya orolining bu qismini to’liq o’rganish yovvoyi va ba’zida qonxo’r papuaslarning mavjudligi sabab imkonsiz. Ular kannibalizmni qo’llashga ham qarshi emaslar. Bunday istiqbolga qanday olim «xursand» bo’lardi?
Tristan-da-Kunya arxipelagi
Britaniya dengiz orollarida aholi yashamaydi. Orollardan faqat biri odam yashashi bilan «faxrlanishi» mumkin. Ular ham katta yer bilan bir oyda bir marta – baliq kemasining kelish-ketish vaqtida uchrasha oladi.
Gankar Punsum tog` qoyalari
Tibetning qoyalariga faqat alpinistlar chiqib, tadqiq eta oladi. Biroq hududning tegishliligi borasidagi sust jarayonlar tufayli bunga ruxsat ololmaydi. Gankar Punsum tog`lari Xitoy, Tibet, Butan mamlakatlarini o’ragan.
Mariana chuqurligi
Bu yerga tushish juda mushkul: u juda chuqur. Olimlar uning sirini ochishga ulgurishmagan. Rejissyor Jeyms Kemeron u yerga ilk borganlardan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.