O`zbekiston xalqaro tranzit-transport yo`lagi orqali Yevropaga chiqadi 

1 838

 
"O`ztemiryo`lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018-yilning 2-yanvaridan Qozog`iston va Rossiya temir yo`l yo`nalishlariga 45 foizgacha chegirmalar joriy qilingani mamlakatimiz tomonidan o`zaro preferensiyalar taqdim etish borasidagi intilishlarning amaliy ifodasi bo`ldi. 

O`z navbatida, Qozog`istonda "Beynov–Akjigit–O`zbekiston chegarasi” avtomobil yo`lining rekonstruksiyasi boshlab yuborildi, deya xabar bermoqda O`zA.

Uzunligi 85 kilometr, umumiy qiymati qariyb 20 milliard tengeni tashkil etadigan mazkur yo`l uchastkasi "Toshkent – Samarqand – Buxoro – Nukus – Atirau – Astraxan” xalqaro tranzit-transport yo`lagi tarkibiga kiradi. Ushbu yo`lak mamlakatimizga Kaspiybo`yi mintaqasi hamda Evropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqish imkonini beradi. 

Shuningdek, Qozog`istonning Maqtaaral tumani hududidan o`tgan Toshkent va Samarqandni bog`lovchi avtomobil yo`lining qayta ishga tushirilishi, Toshkent – Olmaota yo`nalishida tezyurar poezd va ikki mamlakat shaharlarini bog`lovchi avtobus qatnovi yo`lga qo`yilgani hududlararo madaniy-gumanitar aloqalar rivoji, savdo aylanmasi hamda investisiyalar hajmining sezilarli oshishini ta`minlamoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.