Attestatsiya jarayoni uchun namunaviy psixologik savollar 

34 877

1. Psixologik ta`lim nima? 2. Kichik guruhlarga to`g`ri psixologik tarif bering? 3. Diqqatning turlarini ayting? 4. Psixologik jarayonlar haqida nimalar bilasiz? 5. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat obyekti kimlar? 6. Bolalarni umumta`lim maktablariga qabul qilish qanday amalga oshiriladi? 7. "Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda bolalarni necha yoshdan boshlab maktabga qabul qilish belgilangan? 8. Psixologiya so`zini etimologik ma`nosi nima? 9. Qaysi psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyalari O`zbekistonda psixologik xizmatni tashkil qilish uchun asos bo`ladi? 10. Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik xizmatning qaysi yonalishlari bo`yicha ish olib boradi? 11. Qobiliyatga psixologik tarif bering? 12. Muayyan millatga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganuvchi fan? 13. Psixodiagnostika nima? 14. Iste`dod qaysi uch o`zaro bog`liq parametr (mezonlar) bilan aniqlanadi? 15. Ma`lum sharoitlarga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi psixologik muhitni aniqlashda qaysi metod qo`llaniladi? 16. Qoida va meyorlari individ ongida etalon (namuna) sifatida qabul qiluvchi guruh psixologiyada qanday nomladi? 17. Xotirani kuchaytirish necha yoshdan qulay? 18. Ma`ruzada yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish qanday maruza turiga kiradi? 19. Har bir yosh davrida bolalarning psixologik xususiyatlari nimalarda aks etadi? 20. Reflekslar necha xil bo`ladi? 21. Bola shaxsi shakllanishida qaysi omillar yetakchi rol o`ynaydi? 22. Qobiliyat nima? 23. O`qituvchining akademik qobiliyati nima? 24. O`qituvchining perseptiv qobilyati? 25. O`qituvchining gnostik qobiliyati nima? 26. Faoliyat nima? 27. O`zbek millatiga xos, yaqqol ko`zga tashlanuvchi xarakter xususiyatlaridan biri? 28. Tafakkur operatsiyalarini ayting? 29. O`qituvchilarning konstruktiv qobiliyati nima? 30. Psixokorreksiyaning ma`nosi nima? 31. Yosh davrlar psixologiyasi nechanchi asrda rivojlandi? 31. O`qituvchi qobilyati haqida ayting? 32. Harakatchan, chaqqon tezda tushunadigan lekin jaxldor so`zlari qaysi mijozga taalluqli? 33. Pedagogik psixologiyaning bo`limlari haqida nimalar bilasiz? 34. Vunderkind so`zining lug`aviy ma`nosi nima? 35. Yosh davrlari psixologiyasida shaxsning ikki xil rivojlanishi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? 36. Psixologiyada layoqatlarning qaysi ikki xil turi farqlanadi? 37. Diqqatga ta`rif bering? 38. Faoliyat turlariga misol keltiring? 39. Pedagogik qobiliyat turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? 40. Psixologik-pedagogik tashxis daftarini to`g`ri yuritishda qaysi shaxs mas`ul hisoblanadi? 41. Bola necha oylik paytidan boshlab eng zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi? 42. Pedagogik- psixologiyaning asosiy vazifasi haqida aniq ifodalangan tarif bering? 43. Psixologiyaning tarmoqlari haqida nimalar bilasiz? 44. Voqelik va borliqni psixik aks ettirishning uch asosiy shakli? 45. Kichik maktab yosh davrida qanday faoliyat yetakchilik qiladi? 46. Introvert atamasi qanday shaxsga nisbatan ishlatiladi? 47. Tarbiya psixologiyasiga izoh bering? 48. Shaxsning odamiylik fazilatlariga qaysi xislatlarni kiritish mumkin? 49. Yosh davrlari psixologiyasi qanaqa bo`limlardan iborat? 50. Bola 6 (olti) yoshga to`lganda uning so`z boyligi qanchaga yetadi? 51. Zamonaviy dars deganda nimani tushunasiz? 52. Psixologiya ilmiy atamasi qachon paydo bo`lgan? 53. Psixologiyaning bir tarmog`i hisoblangan pedagogik-psixologiya qaysi fanlar sirasiga kiradi? 54. 1-sinf o`quvchilarida diqqatning qaysi turi ustin turadi? 55. Psixologiya fan sifatida qadimiy fanmi yoki zamonaviy? 56. Inson ruhi sirlarini bilishga bo`lgan dastlabki urinishlar qaysi vaqtga to`g`ri keladi? 57. Psixologik tushunchalar qachondan beri ma`lum? 58. Psixologiya atamasi qachon paydo bo`lgan? 59. Psixologik ta`lim nima? 60. Psixologiya atamasining etimologik mazmuni? 61. Qaysi taniqli psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyanomalari O`zbekistondan psixologik xizmatni yaratishga asos bo`ladi? 62. Psixologiyaning xalq ta`limi tizimiga taalluqli bo`lgan asosiy tarmoqlarini ayting? 63. Esda olib qolish 2 xil bo`ladi. Ularni ayting? 64. Psixologiyada ikkilamchi guruh sifatida e`tirof etiladi? 65. Kichik guruhlarga psixologik tarif bering? 66. Psixologiyada guruhlar turlari bo`yicha necha xil bo`ladi va qanday deb ataladi? 67. Norasmiy guruhga to`g`ri psixologik tarif bering? 68. Introspeksiya so`zining lug`aviy ma’nosi nima? 69. Insonning psixofiziologik funksiyalarini o`rganishda Galendan so`ng o`rinni qaysi olim egallaydi. 70. Psixologiya tarixida o`rta asr qaysi yillarni o`z ichiga oladi? 71. Substansiya sozining lug`avi ma`nosi nima? 72. Psixologiyaning inqiroz davri qaysi yillarga tog`ri keladi? 73. Vebir 1924-yilda qanday asar yozgan? 74. Farobiy ta’limotida bilishning necha bosqichi haqida fikr bildirgan? 75. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signaller sistemasining faoliyati bilan bog`liqmi? 76. Malaka deb nimaga aytiladi? 77. Motiv deb nimaga aytiladi? 78. Har qanday kishining inson zotiga mansubligini qaysi tushuncha ifodalaydi? 79. Diologik va manologik nutq qaysi nutq turiga kiradi? 80. Hissiyot deb nimaga aytiladi? 81. Sotsiometriya metodi orqali nimani aniqlash mumkin? 82. Faollik manbai nima? 83. Layoqat- bu? 84. Odam psixikasining rivojlanish davri? 85. Nerv sestemasining kuchli , muvozanatli, passiv, inert tipi qaysi temperamentga mos keladi? 86. Iroda o`z kelib chiqishiga ko`ra– 87. Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining zaifligi bilan xarakterlanadigan zaif-nerv sistemasi tipi qaysi temperamentga mos keladi? 88. Shaxsning faqat ijobiy irodaviy sifatlari? 89. Xarakterning ijobiy sifati kishining qaysi xislatlarida ko`rinadi? 90. Ilmiy psixologiyaning tamoiyllaridan biri determinizm prinsipini birinchi bo`lib kim tomonidan yoqlab chiqilgan? 91. Psixologiya faniga appersepsiya atamasini kim kiritgan? 92. XIX asr ingliz assotsiativ psixologiya maktabining qanday yetuk namoyondalarini bilasiz? 93. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti qaysi javobda to`g`ri aks ettirilgan? 94. Sezgi, psixologik hodisalarning qaysi guruhiga (turkumga) kiradi? 95. Barcha psixologik hodisalar to`rt guruhga bo`linadi. Quyida tushirib qoldirilganini toping: psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar 96. Qobiliyat, psixologik hodisalarning qaysi guruhi (turkumi)ga kiradi? 97. Kuzatish metodi turlari? 98. Kishilarning psixologik xususiyatlarini standart laboratoriya sharoitida, turli tadqiqot uskunalaridan foydalanib o`rganish metodi? 99. Psixologiya fanining….metodi jarayonida tadqiqotchi tajriba borishini boshqarish, o`zgartirishlar kiritish orqali standartlashgan natijalar olish imkoniyatiga ega. 100. Kishining psixologik xususiyatlarini maxsus tuzilgan savollarni o`z ichiga savolnomalar yordamida o`rganish? 101. Savollarga ularning javob variantlari berilgan anketalar qanday tipdagi anketalar deyiladi? 102. Qisqa muddatli standart (o`zgarmas) vazifalardan iborat bo`lib, bajarilishi natijasiga ko`ra shaxsning bilim, ko`nikma, malaka, individual xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini o`rganish metodi deyiladi? 103. Kishining aqliy rivojlanish darajasini o`rganish uchun qo`llaniladigan testlar qanday testlar deyiladi? 104. Individual hayot davomida orttirilgan hatti-harakat shakllari… 105. Ongning rivojlanish tarkibiga quyidagilar kiradi:... 106. Fiziologik, psixik va ijtimoiy xususiyatlarni birgalikda olganda, kishining yagonaligi, qaytarmasligi qaysi javobda aks etgan? 107. Ongli maqsad bilan boshqariladigan aqliy va jismoniy faol hatti-harakatlar bu…. 108. Maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va boshqarilishining qisman avtomatlashuvi….deyiladi 109. Ma`lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan psixik yoki amaliy ish harakatlar tizimini egallash…deyiladi. 110. Faoliyatning asosiy turlari: o`qish, …o`yin. Tushirib qoldirilgan turini ko`rsating? 111. Faoliyat asosini tashkil qiluvchi, hatti- harakatga undovchi kuch? 112. Ehtiyojlar kelib chiqishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: tabiiy, …tushirib qolidirilganini toping? 113. Ehtiyojlar predmetiga ko`ra quyidagi ikki turga bo`linadi: moddiy, …tushirib qoldirilganini toping? 114. Biror tashkilot tomonidan tuzilib, tasdiqlangan guruhga qanday guruh deyiladi? 115. Guruhning ichki tuzilishi ikki xil bo`ladi: rasmiy va ……? 116. Harakatlar yoki harakatlar sistemasini esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash? 117. Predmet, narsa, hodisalar va ularnin xossalari orqasidagi bog`lanishlarni umumlashtirib, vositali aks ettirish? 118. Narsa va hodisalar orasidagi bog`lanishlarni aks ettiruvchi tafakkurning mantiqiy shakli? 119. Tafakkurning mantiqiy shakllari: hukm, tushuncha,… 120. Nutqlarning turlari: tashqi, ichki va.. 121. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo`lgan obektga yonaltirilishi… 122. Faoliyat natijasi va uning oraliq bosqichlarini obrazlar orqali aks ettirib, faoliyatni rejalashtirish va boshqarishda ishtirok qiluvchi insongagina xos aks ettirish shakli 123. Shaxsning psixologik xususiyatlarining yosh o`zgarishi davomidagi dinamikasini o`rganuvchi fan…dir. 124. Yosh davrlarini ketma-ketligi tartibida yozing. A-kichik maktab yoshi. B-bog`cha yoshi. V-o`smirlik yoshi. G-o`spirinlik yoshi. D-go`daklik yoshi 125. Yosh davrlari psixologiyasining quyidagi uchta tashkiliy metodi mavjud: uzunasiga kesish,… kompleks. [Yoshlarning ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan tez rivojlanish hodisasi… 128. Pedagogik psixologiya…psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir. 129. Mustaqillikka intilish…yoshining asosiy psixologik xususiyatidir. 130. Bir guruh kishilarni (sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida bir yoki bir necha metodikalar yordamida o`rganish…metodidir) 130. Yosh quyidagi xususiyatlar orqali baholanadi: yoshning sifat, miqdor, ijtimoiy,…biologik xususiyatlar 131. Yosh davrlari psixologiyasining ilmiy tekshirish metodlarini to`rt guruhga (tashkiliy, empirik, natijalarni qayta tishlash va tahlil, yani interpretatsiya metodlariga) klassifikatsiya qilgan psixolog olim? 132. O`qitish metodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi: ko`rgazmali (reproluktiv), interaktiv, programmali,…tushirib qoldirilganligini toping? 133. Ekspriment, anketa, test, kuzatish metodlari «Yosh davrlari psixologiyasi»ning tashkiliy metodlarining qaysi guruhiga kiradi? 134. O`quvchi shaxsini har tomonlama (manaviy, jismoniy, estetik, psixologik va h.k) rivojlantirishga yonaltirilgan jarayon? 135. O`quvchilarda malum bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga yonaltirilgan o`quvchi va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati? 136. Pedagogning og`ir o`quv materiallarni yengil, tushunarsizni-tushunarli, murakkabni oddiy qilib bera olish qobiliyati? 137. Biror nazariy yoki amaliy ishni muvaffaqiyatli bajarish shartlaridan biri bo`lib, kishining tajribasiga, bilimiga, tug`ma imkoniyatlariga bog`liq ravishda shakllanadigan xususiyat? 138. Bola shaxsining shakllanishini qanday omillar belgilaydi? 139. Nisbatan zaif, lekin odatda ancha davom etadigan, odamning psixik jarayonlarida va uning butun xulk-atvorida aks etadigan umumiy emosional holat nima deb ataladi? 140. Shaxsning qo`rqish va dovdirab qolish tuyg`usini yengish qobiliyati qaysi irodaviy sifatiga kiradi? 141. Assotsiastiya deganda nimani tushuniladi? 142. Parishonlik qaysi psixik jarayonning xususiyati? 143. Psixologiyada qaysi tadqiqot metodlaridan foydalaniladi? 144. Guruh deganda nimani tushunasiz? 145. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? 146. Shaxs faolligi manbai nima? 147. Tafakkur tushunchasiga tarif bering? 148. Xayol tushunchasiga ta`rif bering? 149. Iroda tushunchasiga ta`rif bering? 150. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlari qaysilar? 151. Kishining dunyoqarashi qanday shakllanadi? 152. Kasb ta`limi psixologiyasi qaysi sohalarni o`rganadi? 153. Muhandislik psixologiyasi nimani o`rganadi? 154. Psixologiyada dualizm oqimining asoschisi kim? 155. Kim «Jon bilan tana bo`linmasdir» degan fikrni bildirgan? 155. Determenizm tamoyilining mohiyati nimadan iborat? 156. Psixologiyaning predmeti xulq – atvor bo`lishi kerak, degan fikr kimniki. 157. Psixologiyaning evolyusion taraqqiyoti qaysi davrni o`z ichiga oladi? 158. Tabiiy eksprement metodi kim tomonidan fanga kiritilgan? 159. Faoliyatda motiv qanday vazifani bajaradi? 160. Yeksteriorizasiya deganda nimani tushunasiz? 161. Refleks nima? 162. Freydizm nazariyasiga ko`ra shaxs aktivligining manbai nima? 163. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari haqida nimalar bilasiz? 164. Laboratoriya eksprementi metodi 165. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq? 166. Bir vaqtning o`zida o`qituvchini tinglab, yozib, hamda o`rtog`ining iltimosini bajargan talaba diqqatining xarakterli xususiyatlari qaysi? 167. Kishi boshdan kechirgan biror hodisani eslaganda rangi uchib yoki qizarib ketsa u odamda qaysi xotira turi ustunlik qiladi? 168. Kimning xotirasi kuchli, agar u … 163. Ko`nikma va malakani farqi bormi? 164. Shaxsda « Men» timsoli qachon paydo bo`lgan? 165. Shaxs haqida tushuncha bering? 166. Kuzatish, tajriba, suhbat,anketa va test uslublari bolalar psixologiyasining qaysi guruh uslubiga kiradi? 167. Psixologiyaning qaysi sohalarida test metodidan keng qo`llaniladi? 168. Ikki xil signal sistemasi haqidagi ta`limotni fanga kim kiritgan? 169. Faoliyat deganda nimani tushunasiz? 170. Sosiometrik metodini kim ishlab chiqqan? 171. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlarini ayting? 172. Shaxsning xarakteri deb nimaga aytiladi? 173. Talaba temperamentini malum tipga kiritish uchun qaysi fazilatlarni hisobga olish kerak? 174. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq? 175. Temperament – so`zi kim tomonidan kiritilgan? 176. Nutqsiz kommunikasiya bu… 177. Individ haqida tushuncha bering? 178. Muloqot deganda nimani tushunasiz? 179. Adaptatsiya so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli? 180. Polilog so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.