Yomg`ir haqida 20 ta qiziqarli ma’lumotlar 

18 200

1. Portugaliyada ishga chiqmaslik yomg`ir uzrli sababdir.
2. Para shahrida odamlar yomg`irga qarab soatlarini to’g`rilashadi, chunki u yerda yomg`ir har kuni bir vaqtda yog`adi.
3. Darts o’yini yomg`ir sababli paydo bo’ldi. Bir paytlar kamonchilar musobaqa davomida yomg`irda qolib ketishadi. Ana shundan keyin kamonchilar pivoxonaga borib, kichik nayzalarni devorda osiq turgan nishonga qarab otishni boshlashdi.
4. Haqiqatdan ham yomg`irning hidi yo’q. Yomg`irning xushbo’y hidi deb biladiganimiz, aslida aktino- va sianobakteriyalar ishlab chiqaradi. Yomg`irga hid beradigan modda geosmin deb ataladi.
5. Uganda aholisini momaqaldiroq bilan qo’rqitib bo’lmaydi. Chunki ularda yomg`ir bilan momaqaldiroq yiliga 250 marta yog`adi.
6. Radio bo’yicha ob-havo bashoratining berilishiga yomg`ir sababchi bo’lgan. Amerika radiostansiyasi rahbari yomg`irda qolib ketganidan so’ng, yomg`ir haqida sutkasiga bir necha bor ma’lumot beradigan ob-havo rubrikasini joriy qilgan.
7. Qurg`oq Bostsvanada insonlar bir-birlari bilan pula deb salomlashishadi, uning ma’nosi "yomg`ir” ni anglatadi, undan tashqari ushbu davlatning pul birligi ham "yomg`ir” deb ataladi.
8. Kubada yomg`ir faqat siyesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yog`adi, Tailanda esa faqatgina tunda.
9. XVII asrda Buyuk Britaniyada shunday qonun qabul qilinganki, noto’g`ri yomg`irni bashorat qilgan sinoptik qatl qilinar edi.
10. Odamzod yomg`irning tagida quppa-quruq qolishi mumkin, agarda u cho’lda bo’lsa. Aslida cho’lda yomg`ir yog`adi, lekin yomg`ir haqida bila olmaysiz, chunki issiq xavo tufayli yomg`ir tomchilari bug`lanib yergacha yetib kelmaydi.
11. Barcha Gidrometsetr iboralari aniq ma’noga ega. Misol uchun, "qisqa muddatlik yomg`ir”deyilganda, yomg`ir 3 soatdan ko’p yog`maydi degani. "Yomg`ir yog`ishi kutilmoqda” iborasi, yomg`irning yarim sutkadan kam yog`masligini anglatadi. "Ko’p miqdorsiz yog`ingarchiliklar” degani, yomg`ir umuman yog`maydi degani emas, bu degani har bir kvadrat metrga 0,3 litrdan ko’p bo’lmagan miqdorda yomg`ir yog`adi degani.
12. Cherapundja (Hindiston) dunyodagi eng yomg`irli shahardir. Yiliga 26460 mm yomg`ir yog`adi.
13. Oddiy yomg`irning kislotnosti — pH 5,6. Agar kislotnost darajasi pasayib ketsa, yomg`ir kislotali deyiladi.  pH 5,5 yomg`ir darajasida bakteriyalar o’ladi, 4,5 darajada esa hashoratlar, qumursqalar va baliqlar o’ladi.
14. Ogayo shtatining Uaynsberg shahrida, 29-iyul kuni yildan yilga yuz yillar mobaynida yomg`ir yog`adi.
15. Bugungi kunda sun’iy yomg`ir tashkil qilsa bo’ladi. Samoletdan quruq yaxning bo’laklarini bulutlarga tashlasa yomg`irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomg`irga aylanadi. Shunday qilib qurg`oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo’ladi.
16. Yiliga yerga 519 000 km³ yomg`ir yog`adi. (Har km³ bu milliard tonna suv degani).
17. Taxminan yuz millionda bitta odamda yomg`irga nisbatan allergiya bo’ladi. Suvning har bir turi badanga tushsa qizarishni, shishishni keltiradi, agarda bunday insonlar yomg`ir tagida qolsa  vafot etishlari hech gap emas.
18. San-Fransiskodagi meteostansiya yog`ingarchilikning ehtimoli kattaligiga qarab e’lon qiladi.
19. Eng og`ir do’l Gopalgandj shahrida 1986 yili 16 aprelda yoqqan. Bitta do’lning og`irligi 1kg ortiq bo’lib, bunday "yomg`ircha” dastidan 92 inson vafot etgan.
20. Dunyoning eng ko’p yog`ingarchilik bo’ladigan nuqtalarida, qishda suv yetishmovchiliklari bo’lar ekan. Yomg`ir fasllaridan keyin shunday qurg`oqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.