Yoz yomg`irining yog`ish siri 

5 264

Quyosh charaqlab turgan yoz kezlari, kutilmaganda, iliq yomg‘ir quyib berishini hamma kuzatgan. Bunday kezlari «bo‘ri bolaladi» deb ham qo‘yishadi. Bu yomg'ir qanchalik tez boshlangan bo‘lsa, shunchalik tez tinadi, «yoz yomg‘iridek qisqa» degan ibora ham shundan.

... Havo zarrasi, odatda, adiabatik holatda bo'ladi, ya’ni atrofdagi havo massasi bilan issiqlik almashmaydi. Quyosh nurida isiganda esa u yengillashib, yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ayni vaqtda adiabatik jihatdan kengayib, sovib boraveradi. Lekin balandlik ortgani sayin atrofdagi havo zarrasining harorati atrofidagi havo massasining harorati bilan tenglashganda ko'tarilish to‘xtaydi. Agar ana shu zarra va unga o‘xsbash boshqa behisob havo zarralari yetarlicha yer yuzidan bir necha kilometr balandlikka ko'tarilishga ulgursa, kuchli darajada soviydi va ulardagi suv bug‘lari to‘yinishi holatiga yetadi. Ayni vaqtda kondensatsiyaning yashirin issiqligi ajralib chiqib, zarralaming sovishi sustlashadi. Buning natijasida esa zarralaming harorati atrofdagi havo massasi haroratidan yana yuqori bo‘lib qoladi va ular ko'tarilishda davom etadi. Suv bug‘i kondensatsiyalanishidan esa bulut paydo bo‘ladi. Havo zarralari borgan sari yuqori ko'tarilaveradi, bulut ham kattalashaveradi. Pirovard-oqibatda bulutning harorati qaysidir qismida nol darajadan pasayib ketadi va shu joyda muz kristallari vujudga keladi, ulardan esa yirik suv tomchilari paydo bo'ladi. Shundan keyin yomg‘ir yog'adi. Lekin yoz yomg‘iri hamma vaqt yog‘avermaydi-ku?  To‘g‘ri, chunki buning uchun kun iliq, vertikal bo'yicha havo haroratining muayyan gradiyenti, bulutning biron qismida harorat manfiy bo'lishi kerak. Shu uchala sharoit o‘zaro mos kelgan taqdirdagina iliq yoz yomg‘iri quyib beradiki, u qayerdan yog‘ayotganini ham bilolmay qolasiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.