DIQQAT! Oilada axloqiy yangi qoidalar bilan tanishing! 

4 778

 (Oiladagi ota-ona va farzand majburiyatlari)

Mag'rur o'tiribmiz misoli taxtda,
Sog'lommiz, buyukmiz, tengi yo'q baxtda,
Kuch-qudrat bizdadir, cheksizdir imkon,
Ey hayot, qarshi ol, biz buyuk INSON!

1. Oiladagi majburiyatlarimni bajaraman.
2. Oilamga xiyonat qilmayman.
3. Farzandlarim tarbiyasiga jiddiy qarayman.
4. Turmush o`rtog`imga sadoqatli bo'laman.
5. Yomonlikka qarshi kurashaman.
6. Dili og'riganlarni yupataman.
7. Oilam va Vatanim uchun mehnatimni ayamayman.
8. Meni hafa qilganlarni kechiraman.
9. Doimo pok yuraman.
10. Odamlarni dilini og'ritmayman.
11. Ota-onam oldidagi burchimni bajaraman.
12. Tilimni yomon so'zlardan tiyaman.
13. Ilmli va hunarli bo'laman.
14. Nafs kuyiga kirmayman.
15. O'zgalar aybini qidirmayman
16. Aybdor uzr so'rasa aybini kechiraman.
17. Ochiq yuzli, xushmuomila bo'laman.
18. Muxtojlar xojatini chiqaraman.
19. Vatanimga xiyonat qilmayman.
20. Sog`lig`imga e'tiborli bo'laman.

Kun bekor o'tib hech narsa bo'lmadi, "Axir bir kun nima bo'lardi?!” deb o'ylasak, xavf tug'ilgani ko'rinadi. Axir kunlar to'planib yilni, yillar to'planib butun umrni tashkil qiladi.
 
Agar farzandingizni yaxshi farzand bo'lishini istasangiz - kun davomida 3 marotaba bag'ringizga bosib, mehringizni bering!
  
Agar farzandingizni yaxshi inson bo'lishini istasangiz - kun davomida 6 marotaba bag'ringizga bosib, mehringizni bering!
  
Agar farzandingizni komil inson bo'lishini istasangiz - kun davomida 12 marotaba bag'ringizga bosib, mehringizni bering!
 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.