23-noyabr Shotlandiyada afsonaviy kiper “Katti Sark” suvga tushirildi 

1 513

1869-yil 23-noyabrda afsonaviy yelkanli kema kliper "Katti Sark”- bizlarning kunlarimizgacha saqlanib qolgan, yagona choy tashuvchi kema suvga tushirildi.Kema Gerkules Linton tomonidan loyihalangan. "Katti Sark”-3 machtali kliper-shotlandiyaning Dumbarton shaharchasidagi kemalar tuzatiladigan korxonada  londonlik kema egasi Djon Uillis buyurtmasiga ko‘ra qurilgan.Klipperning quyi tomoni mis taxta bilan qoplangan, 335 m2li yelkanga ega. Robert Bernsning "Tem o Shenter” nomli she'riy povestidagi yalmog‘iz Nennining kalta ko‘ylagi sharafiga "Katti Sark” deb nomlangan (Korotkaya rubashka). "Katti Sark” dan Xitoydan choy keltirishda foydalanish ko‘zda tutilgan edi, lekin kliper 1872-yilgi poygada tez yurar Fermopilga yutqazadi. Ikkala kema ham shanxaydan 18 iyunda yo‘lga chiqadi, biroq Katti Londonga 18-oktyabrda "Fermopil” dan bir xafta keyin yetib keladi. Bir qancha vaqt kliperdan  Avstraliyadan jun olib kelishda foydalanadilar. Birinchi jahon urushi vaqtida kemada ko‘mir tashiladi. Kema tezlik bo‘yicha ko‘plab yuqori natijalarga erishdi, shuning uchun "okean qiroli” deb ataydigan bo‘ldilar. 1922-yil kapitan Uilfred Dounen uning o‘tmishdagi ko‘rkam holatini tikladi. 1938-yil kliper o‘quv kemasiga aylantirildi. 1954-yilda esa "Korotkaya rubashka” London yaqinidagi Grenvichda joylashgan kema tuzatiladigan korxonaga ko‘chirib keltirildi va muzeyga aylantirildi. Kema to‘liq viktoriansk davri jihozlari bilan bezatildi. 

22-noyabr Charlz Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari sotuvga chiqarilgan kun
Londonning kitob do'konlarida 23-noyabr 1859-yilda Charlz Darvinning "Turlarning tabiiy tanlanish yo'li bilan kelib chiqishi va hayot uchun kurash” nomli kitobi paydo bo'ldi. Kitobning 1250 nusxasi bir kunda sotilib ketdi. Darvin Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberg shahrida -1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlog'i)-ingliz tabiatshunosi, hayvon va o'simlik turlarining tabiiy tanlanish yo'li bilan kelib chiqanligi haqidagi evolyutsion ta'limot asoschisi. Bigl kemasida tabiatshunos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831-36), zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, antropologiya va etnografiya sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biologiya va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyutsiyasining asosiy omillarini ochib berdi. Darvin "Turlarning kelib chiqishi” asarida hayvon va o'simlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof-muhitga moslanishini tahlil qildi. "Odamning paydo bo'lishi va jinsiy tanlanish” asarida odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi. Darvinizm-organik dunyoning tarixiy rivojlanishi to'g'risidagi Ch. Darvin asos solgan ilmiy dunyoqarash. Darvin ko'rsatishicha, irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. O'zgaruvchanlik organizmlar tuzilishi va funksiyasida yangi belgilarning hosil bo'lishidan iborat. Irsiyat orqali bu belgilar nasldan naslga o'tadi. Yashash uchun kurash tufayli muhit sharoitiga eng yaxshi moslashgan belgiga ega bo'lgan individlar yashab, nasl qoldiradi, ya'ni tabiiy tanlanish yuz beradi. Tabiiy tanlanish natijasida yangi turlar paydo bo'ladi. 20 asrning 20-30-yillarida klassik darvinizmning genetika fani yutuqlari bilan uyg'unlashtirilishi tufayli sintetik evolyusion ta'limot shakllana boshladi. Darvin evolyutsiya haqida yana uchta kitob yozdi. Darvinizm yaxlit ta'limot sifatida biologiyada revolutsion burilish yasadi. Shunga qaramasdan Darvin tirikligidayoq evolyutsiyada tabiiy tanlanishni inkor etuvchi yoki uning ta'sirini cheklashga harakat qiluvchi turli oqimlar paydo bo'la boshladi. Evolyutsiyaning asosiy muammolari bo'yicha bahslar zamonaviy biologiya fanida ham davom etib kelmoqda.

23-noyabr Surxondaryo viloyatidagi Oltinsoy tumani tashkil topgan kun
Oltinsoy tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981-yil 23-noyabrda Sho'rchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 km.kv. Tumanda 9 qishloq fuqarolar yig'ini (Vaxshivor, Dugoba, Mirshodi, Oltinsoy, Oqarbuloq, Oqoltin, Xujasoat, Chep, Karluk)bor. Tuman markazi-Karluk qishlog'i. Tabiati. O.T.Surxondaryoning Shimol qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. G'arbiy chekkalari Keragotog' etagiga tutashib ketadi. Tuman markazidan Oltinsoy daryosi, shimoldan janubga tomon Xazarbog' kanali oqib o'tadi. Balandligi 400-700 m. Axolisi, asosan, o'zbeklar, tojiklar, rus,tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Xo'jaligi. Tuman xo'jaligi asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Qishloq xo'jaligida bog'dorchilik asosiy o'rin tutadi. Ayniqsa, tokchilik rivojlangan. Paxta, don ekinlari, sabzavot, poliz ekinlari ham ekiladi.

23-noyabr Yaponiyada milliy bayram "Mehnatga minnatdorchilik kuni"
23-noyabrda Yaponiyada milliy bayram "Mehnatga minnatdorchilik kuni" nishonlanadi. Sanoatning turli tarmoqlarida mehnat qiladiganlar, davlat korxonalari va kompaniyalarida xizmat qiladigandar va fermerlarga bu bayramda dam olish kuni beriladi. "Mehnatga minnatdorchilik kuni" nomi ostida o'tkaziladigan bu bayram 1948-yilda tashkil etilgan bo'lib, oldin "Yangi hosil bayrami” deb atalar edi va qadimdan o'tkazilib kelinayotgan qishloq xo'jaligi ishlarini tugashi sharafiga o'tkaziladigan bayramlar negizida yaratilgan. Hozirgi kunda bu bayram mehnat faoliyatining hamma turlarini birlashtiradi. Bayramning negizida mehnatni qadrlash yotadi: jamiyatni rivojlanishiga qo'ldan kelgancha yordam berganliklari uchun yaponlar bir-birlariga tashakkur bildirishadi.

23-noyabr Aragon poytaxti Saragosa shahrida birinchi Xalqaro Sirk festivali bo'lib o'tadigan kun
2014-yil 23- noyabrda Aragon poytaxti Saragosa  shahrida birinchi Xalqaro Sirk festivali bo'lib o'tadi. Unda dunyoning turli davlatlaridan kelgan artistlar ishtirok etadilar va ular ikkita "Eng yaxshi sirk spektakli” va "Eng yaxshi sirk nomeri” mavzusida bellashadilar. Bundan tashqari, sirkning mashhur ustalariga "Ispaniyaning sirk ko'rinishlari taraqqiyoti uchun” va "Sirk san'ati sohasidagi alohida xizmatlari uchun” nominasiyalarida mukofotlar topshiriladi. Shou SS Delikias, CC Miralbieno, CC Universidad va CC Teodoro Sinchenz Pinter madaniy markazlarida bo'lib o'tadi. Har safar tomoshabinlar go'zal akrobatik etyudlar, masxarabozlarning quvnoq performanslari va boshqa ko'pgina ommaviy o'yin-kulgularga guvoh bo'ladilar. Festival 22-noyabrdan 23-noyabrga o'tar kechasida katta gala konsert bilan tugallanadi va tadbirning g'oliblari e'lon qilinadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.