24-avgust BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi tashkil topgan kun 

3 340

BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular e’tiborini O’zbekiston Respublikasi hukumati belgilangan asosiy yo’nalishlarga qaratuvchi vakillik. 1993-yil 24-avgustda ochilgan.Vakolatxona maqsadi bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga xos islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy, ta’lim, ilm-fan va madaniyat, inson huquqlari, demoratiya hamda boshqaruvni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, giyohvandlikka qarshi kurash, Orol muammolarini hal etish sohasidagi xalqaro  aloqalarni yo’lga qo’yishda maxsus dasturlarni ishlab chiqishda O’zbekiston bilan BMT o’rtyasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Tarkibi BMTning quyidagi bo’lim va dasturlaridan tashkil topgan: Taraqqiyot dasturi, Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi, Giyohvandlikka qarshi kurash dasturi, Qochoqlar ishlari bo’yicha oliy komissar boshqarmasining vakolatxonasi, Bolalar jamg’armasi (YUNESEF), Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YNIDO)ning vakolatxonasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi jamg’armasi (YNFPA) va boshqalar.

24-avgust Kartoshkadan ilk marotaba chips tayyorlangan kun
1853-yil 24-avgust kuni Jorj Kram – Saratoga-Springs (Nyu-York shtati) shahridagi Moon's Lake Lodge oteli restoranining qora tanli bosh-oshpazi ilk bor kartoshka chipslarini tayyorlagan. Restoranga tashrif buyurgan bir mehmon uning oldida tortilgan kartoshka brusochkalarini juda qalin deya arz qilgan. Shunda Kram kartoshkani qog‘oz qalinligida kesib, tuz sepib baland olovda qovurib olgan. Hayyoratga tushgan mijoz yangi taomdan ko‘ngli ko‘tarilgan. Tez orada "saratogs tangachalari” (Saratoga Chips) ommabop bo‘lgan va muassasaning maxsus taomiga aylangan. 1860-yil Kram shaxsiy restoranini ochgan va dasturxonda doim savatchaga to‘ldirilgan kartoshka chipslari turardi. 1890-yili Klivlend Uilyam Teppenden furgonda yurib, ko‘chalarda chips sota boshladi. Chipslar xaridorlarga qog‘oz xaltachalarda sotilgan bo‘lib, qog‘ozda Teppenden muassasasining reklamasi bo‘lgan. 1950-yillarga kelib, chipslar Amerika telekanallarida eng ko‘p reklama qilinuvchi mahsulotga aylangan. 1970-yil qovurilgan kartoshkalar 1 milliard $ dan ziyodga sotilgan. Bugungi kunda Amerikada 6 milliard $ dan ziyod chips sotadi.

24-avgust Amerikada vafli bayrami kuni
Bu bayram 24-avgust kuni Amerikada nishonlanadi. 1869-yilning 24-avgust kuni  Nyu-York shtatida joylashgan Troy shahrida Karnelius Svarthaut vafli ishlab chiqarish uchun birinchi potent olishga sazovor bo‘lgan. Vaqt o‘tgach vaflilar AQShning eng sevimli miliy taomiga aylandi. Bundan tashqari AQShda restoran tarmoqlari faoliyat olib bordi. Bu restoralarning nomi "Vafellar uyi”  (Waffle House)  1955 yildan faol yuritib kelmoqda. Muzqaymoq uchun vafli 1904-yilda ixtiro qilindi.  Sent-Luis shahar yarmarkasida muzqaymoq sotivchisida qog‘oz idishlari tugab qolgani sababli  u yonidagi turgan vafli sotuvchisidan yordam so‘radi, shunday qilib dunyoga birinchi vafelni stakanchiklik muzqaymoq paydo bo‘ldi.

24-avgust O'zbekistonlik ilk kosmonavt Solijon Sharipov tavallud topgan kun
Solijon Sharipov - o'zbek millatiga mansub ilk kosmonavt. Rossiya va Qirg'iziston qahramoni. 1964-yilning 24-avgustida O'sh viloyati O'zgan shahrida o'zbek oilasida tug'ilgan. 1987-yili aviatsiya bilim yurtini tugatganidan so'ng murabbiy uchuvchi bo'lib ishlagan.Turli rusumdagi samolyotlarda hammasi bo'lib 950 soat parvoz qilgan. 1990-yili sovet kosmonavtlari otryadiga qabul qilingan. "Soyuz TM” kosmik kemasi va "Mir” orbital stansiyasida parvoz uchun ekipaj komandiri sifatida tayyorgarlikdan o'tgan. 1994-yili Moskva davlat universiteti kartografiya mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Ilk bor fazoga 1998-yilning 23-yanvaridan 31-yanvarigacha "Endevor” kemasida parvoz qilgan. Parvoz 8 sutka 19 soat 46 daqiqa 54 soniya davom etgan. Sharipovning kosmosga ikkinchi parvozi 2004-yilning 14-oktyabridan 2005-yilning 25-apreligacha davom etgan. Parvoz davomida u ikki bor ochiq kosmosga chiqqan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.