1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish va Xalqaro ota-onalar kuni. Shuningdek, Dunyo miqyosidagi sut kuni 

164

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
  Xotin-qizlarning xalqaro demokratik federassiyasi tashabbusiga muvofiq bu kun bayram deb bekgilangan. Bu kun har yili "Tinchlik uchun”, "Urush olovini ochuvchilarga qarshi” hamda "Bolalar hayoti va sog’lig’i uchun” degan shiorlar ostida nishonlanadi. Bu bayram birinchi marta 1950-yilda nishonlangan.  Shu kuni barcha bolajonlar yana bir bor mehr-muhabbat og’ushida bo’ladilar. 

1-iyun Xalqaro ota-onalar kuni
 Bizning sayyorada yana bir yangi bayram-butun dunyo ota-onalar kuni (Global Day of Parents) 2012-yili sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi 66- sessiyasida e'lon kilingan edi. 2013-yildan boshlab, butun dunyodagi ota-onalar sharafiga har yili 1-iyunda nishonlanadi. Bayram mo'ljali - sayyoramizda istiqomat qiluvchilarga umuminsoniy qadriyatlarni eslatish, bu qadriyatlar mustahkam va axloqiy oilaning asosi bo'lishiga erishish. Axir oila (birinchi navbatda ota-ona) bolalarni himoya kilish va tarbiyasiga javobgar. BMT Bosh Assambleyasi hamma aьzo bo'lgan davlatlarni bayramni «fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik doirasida yoshlar va bolalarni jalb qilgan holda» nishonlashga da'vat qiladi.

 1-iyun Dunyo miqyosidagi sut kuni
1-iyun "iching, bolalar, sut, bo‘linglar sog‘lom! " - ushbu ibora to‘laligicha  1 iyunga  mansub  - bu sanada, butun dunyo na faqat xalqaro bolalarni himoya qilish kunini, balki  dunyo miqyosidagi sut kunini (World Milk Day) ham nishonlaydi. Birinchi marta bu bayram 2001 yilda   BMT ning  oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkilotlari taklifi bilan nishonlandi. O'shandan beri an'ana dunyoning  ko’p mamlakatlarida keng tarqaldi. Bayramning maqsadi - sutni va sut mahsulotlarini odamlar o‘rtasida ommalashtirish, hamda  sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyat haqida aholini xabardor qilish. Nimaga dunyo miqyosidagi sut  kuni xuddi 1-iyunda nishonlanadi? Gap shundaki, BMTning bayram qilish g’oyasini qo’llab-quvvatlovchi  ayrim mamlakatlarda milliy sut kunini  bayram qilish an'anasi  bo’lgan. Va deyarli barcha mamlakatlarda bu bayram  1-iyunda yoki shunga yaqin sanada nishonlangan.  Shuning uchun rasmiy sut kunini yozning birinchiga kunida nishonlashga qaror qilingan.  2008-yilga kelib  bir vaqtning o‘zida dunyo bo‘yicha 40 ta  har xil davlatlar sut kunini bayram qilishda qatnashishdi, bulardan ko‘pchiligida bayram  mamnuniyat bilan keng miqyosda va tantanavor o’tadi.   Argentinada   feremerlar uyushmasi "sut va asal daryo bo’lib oqadigan  mamlakat”  iborasi ostida   sutni iste'mol qilishning  yirik  targ‘ibot kompaniyasini tashkil qildi.   Germaniyada milliy bayram  "tezroq, kuchliroq, aqlliroq, bu hammasi sut tufayli” devizi ostida o‘tdi. Norvegiyada   sut mahsulotlari milliy kengashi  sut to‘g‘risidagi eng yaxshi voqea uchun internet-konkurs  o‘tkazdi, g’olib muallif  oldi pullik sovrin bilan taqdirlandi. 

1-iyun Kentukki AQSh shtatiga aylangan kun
 1792-yil 1-iyunda Kentukki AQShning shtatiga aylandi. Uning rasmiy nomi-Kentukki hamdo’stligi. AQShning sharqdagi shtati markaziy janubiy-sharqiy  shtatlar ro’yxatiga kiradi.  Kentukkining nomi indeys daryosi nomidan kelib chiqqan. Lekin uning ma'nosi hozirgacha qarama-qarshiliklarga  uchraydi.  1792-yilda Kentukki hamdo’stligini Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1-iyundanoq Kentukki  soni bo’yicha 15 shtati bo’lib davlatlar ittifoqiga qo’shildi. 1798-yilda Kentukki va Verdjini  rezolyutsiyalari qabul qilindi. Shtatning yangi Konstitutsiyasi 1891-yili qabul qilindi. Hozirgi kundagi aholisining soni 4,042 mln. kishini tashkil etadi. Kentukkining poytaxti-Frankfort. Uning yirik shaharlari-Luisvill, Leksington-Fayet, Ovensboro, Bouling-Grin-Xopkinsvildir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash