19-yanvar – Butunjahon qor kuni 

2 382

Butunjahon qor kuni (Xalqaro qishki sport o‘yinlari kuni). Rossiyada birinchi butunjahon qor kuni bir necha hududlarida 19-yanvar kuni nishonlangan(2014-yil sanasi uchun). 2012-yilda dunyoda yana bir yaxshi an’ana paydo bo‘ldi. 2012-yilning qish oyi yanvarning oxirgidan bitta oldingi yakshanba kuni Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasi tashabbusi bilan yangi bayram nishonlanadi – Butunjahon qor kuni. Uning boshqacha nomi – Butunjahon qishki sport o‘yinlari kuni. Bayramning maqsadi – qishki sport o‘yinlariga yoshlarni jalb qilish va ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish. Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasining loyihasi bo‘yicha, bu kuni turli hil "qor festivallar” o‘tadi, kattalar va bolalar konkida, chang‘ida musobaqalarida qatnashadilar. Tashkilotchilarning fikricha, bu kun hamma qordan zavq olishi, o‘zaro muloqot, tanishish va qishki sportning oppoq kelajagiga sho‘ng‘ishdan ,ya’ni bu o‘yinlar faqat bellashuvgina emas,balki o‘yin –kulguga boy bo‘lishi kerakdir. Xalqaro chang‘i sporti qo‘mitasi prezidenti Djan-Franko Kasperning ta’kidlashicha : bugungi kun bolalarining ba’zilari kelajakka umidsizlik bilan qarashmoqda, aminmizki bu tadbir bolalarni va ularning oila a’zolarini qordan bahra olishga va sog‘lom turmush tarzidan zavq olishga yo‘naltirilgan. Bu bayramning tashkil etilishining ikkinchi qadami "bolalarni qorga olib chiqamiz” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Qor kuni bejiz tanlanmagan, chunki yanvar oyining oxirida bolalarning ta’tillari va bayram tantanalari tugagan bir paytda ularning nazarini tog‘ chang‘i o‘yinlariga qaratishdir. Bayramning birinchi yilida 20 dan ortiq davlatlar: AQSh, Kanada, Avstraliya, Shveysariya, Finlyandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Polsha, Turkiya, Qozog‘iston, Ukraina qatnashgan bo‘lsa, ikkinchi yilga kelib xalqaro festivalni qo‘llab-quvvatlash istagini 40 dan ortiq davlatlar bildirishdi. Rossiyada  birinchi Xalqaro qor kuni bir necha hududlarda nishonlangan. Ularga butun dunyoga mashhur "Suv qunduzi uyasi” (Krasnoyarsk), "Abzakovo” (Magnitogorsk yaqinida). "Roza Xutor” (Sochi) va boshqa shunga o‘xshash tog‘ chang‘i dam olish maskanlari qo‘shilishdi. Bayramni xalq sayllari, sport musobaqalari, qishki karnavallar, qor otish va chang‘ida uchish o‘yinlari bilan nishonladilar. 2012-yilda Magnitogorsk shahri aholisi dunyoda eng katta qor sharini yasab, Ginnes rekordlari kitobiga kirishga harakat qilishgan.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.