9-avgust AQSHda o’rmonni yong’indan saqlash kuni 

1 840

9-avgust kuni AQShda  ajoyib kun nishonlanadi. "Dimnyashka” (rus) kuni Smokey Bear Day. «Dimnyashka» AQShning o‘rmon saqlash  xo‘jaligining  belgisi  va  o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘inlarni og‘ohlantiradigan yoqimtoy ayiqcha. «O‘rmonni yong‘indan saqlang» deb nomlangan teleko‘rsatuvlarda ayiqcha faqatgina siz o‘rmonni yong‘indan saqlay olasizlar” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi.  AQShning ko‘ptarmoqli o‘rmon saqlash xo‘jaligi 1905-yilda tuzilgan. Ayiqchaning tashkilotning ramzi bo‘lishini sababi, 1950-yilda sodir bo‘lgan tarixiy voqea sabab bo‘lgan. Bahor kunlarining birida Nyu-Meksika tog‘larida o‘rmonda yong‘in boshlandi. Yong‘inni o‘chirishda ko‘pgina odamlar qatnashdilar.  Yong‘in davomida o‘chiruvchilar daraxt kovagidan kichkina ayiq bolasini topib olishgan. U yong‘indan jarohat olgan edi. Voqea televideniye, matbuotda tez tarqaldi.  Qutqarilgan ayiqchani Vashington hayvonot bog‘iga davolashga jo‘natildi. Amerikalik aholi ayiqchaning sog‘ligi bilan qiziqishardi, unga hamdard bo‘lishga harakat qilishardi. Shundan so‘ng  ayiqcha tabiatni yong‘indan asrash Milliy ramzi bo‘lib qoldi. 

9-avgust Singapur Respublikasining mustaqilik kuni
Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylashgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo’g’ozi, Sumatra orolidan Singapur bo’g’ozi bilan ajratilib turadi. Qirg’oq bo’ylab chegara uzunligi-193 km. Mamlakat landshafti-pasttekisliklar. Markazda tepaliklar joylshgan. Asosiy milliy boyligi-baliq. Iqlimi mussonli, ekvatorial. O’simliklar asosan tropik o’rmonlar qoldiqlaridan iborat, qirg’oq bo’ylarida mangr changalzorlari bor. Orollarda paporotniklar va bambuklarning juda ko’p xillari mavjud, orxideyalarning ko’pligi hayratga soladi. Singapur faunasi, eng avvalo, qushlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sut emizuvchilardan maymun va noyob jonzotlar-lemurlar yashaydilar. Davlat tuzilishi-respublika. Mustaqilligini 1965 yil 9 avgustda qo’lga kiritgan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezidentga ba bosh vazirga tegishli. Singapurda sanoat, ayniqsa, elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo’jaligida aosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2012 yilda YAIM miqdori 267941 mln dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temir yo’llarining umumiy uzunligi- 38 km. Avtomobil yo’llari uzunligi-2597. XVI asrgacha bugungi Singapur hududlari Shrivijaya imperiyasi tarkibiga kirgan. Undan  so’ng Majapa Xit podsholigi tomonidan bosib olingan. XIV asrda bu yerlarni Malakka sultonligi o’z mulkiga aylantirgan. 1819 yil ingliz Tomas Reflz bu hududlarni sulton Joxordan sotib olib, Singapur shahriga asos solgan. Shundan so’ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so’ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo’lib qolaverdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.