31-mart Parijda Eyfel minorasini tantanali ochilishi bo’lib o’tgan kun. 

1 905

Shu kuni konstruktor Gustav Eyfel minora cho’qqisida Fransiyani bayrog’ini o’rnatdi. Bugun Eyfel minoraning  konstruksiyasi-Fransiyada eng tanilgan, diqqatga sazovor me'moriy   joylaridan bo’lib,  dunyoda  Parij ramzi hisoblanadi. Konstruktorning o’zi  uni -oddiy, 300 metrli minora deb biladi.  Eyfel minora vaqtinchalik inshoat bo’lib, 1889 yilda o’tkaziladigan Butunjahon ko’rgazmaning kirish arkasi sifatida qurilgan edi. Yigirma yildan so’ng inshoat  buzib tashlash rejalashtirilgan, ammo faqat cho’qqida o’rnatilgan  radioantennalar olib tashlangan.   Fransuz inqilobining yuz yilligiga bag’ishlab, Fransiya xukumati Butunjahon ko’rgazma uyushtirish mo’ljalladi va Eyfel minorasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha  loyihalar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 107 da'vogarlar  qatnashdi,   Gustav Eyfel loyihasi  birinchi o’rinni egallaydi. "Fransiya -300 metrli bayroq o’rnatiladigan tik  xodaga ega bo’lgan yagona mamlakatdir ” -sevinch bilan  ta'kidlaydi Eyfel. Qiriq yil mobaynida u dunyodagi eng baland minora bo’ldi. 1930-yili Nyu-Yorkda Kraysler Bilding undan o’tib ketdi. Televizion minora - radio televizion uzatish stansiyasi; televideniye, radioeshittirish, radiotelefon va radiotele aloqasi antennalari o’rnatiladigan tayanch. Balandligi televizion stansiyaning ta'sir radiusiga va uzatuvchi televizion antennaning soni hamda o’lchamiga qarab belgilanadi. Televizion minora qanchalik baland bo’lsa, antennalarning ta'sir doirasi shunchalik keng bo’ladi. Televizion minoraga bir nechta televizion antennalardan tashqari ultraqisqa to’lqinli radioeshittirish antennalari, radioreleli aloqa, ko’chma radiotelefon antennalari o’rnatilishi mumkin. Ba'zan Televizion minoraga meteorologik kuzatish asboblari ham o’rnatiladi. Televizion minora metall (po’lat) yoki temir-betondan turli me'moriy yechimlarda quriladi. Katta shaharlardagi Televizion minoralarning ko’pida shahar manzarasini kuzatish uchun maydoncha, kafe yoki restoran bo’ladi. Minora ichiga barcha kommunikatsiya vositalari, yukorigi ichki qismiga radiouzatkich va boshqa elektron jihozlar joylashtiriladi. Dunyodagi eng baland Televizion minoralardan biri Ostankino (Moskva)dagi Televizion texnika markazidir (533,3 m, 1967). Kanadadagi Toronto Televizion minorasi dunyodagi eng baland minora hisoblanadi (550m, 1974).  Tokioda 600 metrli Televizion minora qurishga kirishildi (2004 y.). Toshkentda 2 ta Televizion minora bor 1 teleminora 180 m, balandligada  1956 yili qurilgan. Teleko’rsatuvlar ko’lamini kengayishi munosabati bilan  kuchli radiotelevizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj tug’ilgach, 1978 - 1985 yillarda  balandligi 375 m. ikkinchi teleminora  qurildi. (Me'morlari:Yu.Semashko, N. Terziyev-Sarukov)

31-mart Xanami yapon sakura olchasi gullari bilan zavqlanish bayrami
Yaponlar ongida Xanami-qish yakuni ifoda etadi. Sakura birinchi bo'lib Kyusyu orolida 31-mart oyining yakunidan gullashni boshlaydi. Janubdan Shimolga ko'tarilib, Sakura guli butun Yaponiyani qamrab oladi. Yapon televideniyasida ob-havo ma'lumoti qay vohada sakura gulladi, va qaerda gullamadi degan xabarlar bilan boshlanadi. Tokioga aprel boshida, Xokkaydo shimoliy oroliga may oyining o'rtalariga etib keladi. Gazetalarda xam sakura gullashi xaqida ma'lumotlar ketadi. Sakura gullashi bayramida yaponlar oilaviy, do'stlar orasida sayrga chiqib daraxtlar tagida gurunglashadilar, magnitofon bilan karaoke ijro etadilar. Bayram xursandchilik va shovqin bilan o'tadi. Xanami, sakura gullari bilan zavqlanish, udum sifatida qadimdan paydo bo'lgan, saroy aslzodalari daraxtzorlarda sakura gullashiga bag'ishlangan ashulla va she'rlar o'qishgan, raqs tushib, rasmlar chizganlar, mushoira kechalarini uyushtirganlar. Zamonaviy Xanami –bu gullagan daraxt tagidagi o'tkaziladigan yaqinlar davrasidagi sayr va do'stona uchrashuvlar. Yaponiyaning ko'plab dam olish maskanlarida, ochik osmon tagida manzarani yaqqol ko'rishga mo'ljallangan bog'larda xanami festivallari o'tkaziladi. Mana, Yaponiyada kutilgan lahzalar boshlandi: Xonsyu markaziy qismida sakura gulladi. Hademay gullash to'xtaydi, gullar uchib tushadi, faqat xotiralar qoladi... Kimki sakura guliga qarab to'ymagan bo'lsa, shimolga borishi mumkin: Xokkaydoda sakura may oyida, ayrim paytda yozda xam gullaydi. Yapon orollari eniga katta bo'lmasa-da, uzunasiga esa, tropik iqlimdan (Okitava) mo''tadil mintaqagacha cho'zilgan. Shuning uchun barcha mavsumiy o'zgarishlar ( "yomg'irlar mavsumi”, sakura gullashi, va boshqalar) janubdan shimolga qarab bir tekista, ohista siljiydi . Demak sakura gullashini butun mavsum davomida kuzatish mumkin. Sakura gullari pushtiga moyil oq rangli bo'ladi, daraxt gullaganda bir xam barg bo'lmaydi. Daraxt barg chiqara boshlasa, gullari to'kila boshlaydi. Yaponiyaning xar bir shaxrida sakura bog'lari mavjud, ularda yurganda go'zal oq momiqli ertak olamiga tushgandek bo'lasiz. Bu ertakda muloyim quyosh,engil, nozik shamol esadi va bahor nafasi bor. Gullar tushganda butun yer oq libosga burkanadi. Daraxtdan uchib tushayotgan gullarni kuzatsangiz, inson umri bilan taqqoslaysiz, xech bir narsa abadiy emas. Xanami bayrami-kunidan so'ng yana bahor kelishi, go'zallik va yoshlik timsolidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.