2-fevral - Suv-botqoq hududlari kuni 

1 893

Suv - botqoq hududlari kuni 1971-yilda  YUNESKO qarori  bilan Eronning  Ramsar shahridagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv - botqoq hududlarda yashovchi qushlarni himoyaga olish maqsadida Konvensiyaning imzolanshi asosida joriy etildi.  Suv-botqoq xududlari turli tumandir. Bular ko‘llar, botqoqliklar, korall  riflari, torfli yerlar, havzalar, barcha suv - botqoq xududlarining asosiy xususiyati shundaki, asosiy komponentlar: tuproq, suv, hayvonlar va o‘simliklarning kompleks bog‘liqligi, turli vazifalarni bajarishi va ulardan  insoniyat asrlar davomida foydalanib kelgan. Suv-botqoq xududlarining ko‘plab bajaradigan vazifalaridan ba’zi birlari: suv toshqinlarini ushlab qolishi, tuproq suvlarini to‘ldirishi, po‘rtanadan himoyalash va sohil bo‘ylarini bir maromda ushlab turish, klimat o‘zgarishini yengillashtirish, cho‘kma va ozuqa moddalarini to‘plash, suvni tozalash,biologik turlarni saqlash. Hozirgi kunda suv-botqoq hududlari ekosistemasining insoniyat uchun ahamiyati oshib bormoqda. Suv-botqoq hududlari  butunjahon kuni – kompleks ekosistemalar  va unda yashovchi kamyob  turdagi  o‘simliklar va hayvonlarning  yo‘qolib ketishining oldini olishda yordam beradi.

2-fevral – Sug‘ur kuni
Sug‘ur o‘z soyasini ko‘radimi?  2-fevral – Cug‘ur kuni AQSh va Kanadada har yili  nishonlanadigan an’anaviy xalq bayrami. Bu kuni sug‘urning o‘z inidan chiqishini va uning xatti-harakatini kuzatish orqali bahorning yaqinlashayotganini bilish mumkin deb hisoblanadi. Agar havo bulutli bo‘lsa, sug‘ur o‘z soyasini ko‘rmasa va  inidan tinchgina chiqsa – qish yaqinda  tugab, bahor bu yil erta  kelishidan darak beradi. Agarda kun quyoshli bo‘lsa, sug‘ur o‘z soyasini ko‘radi va iniga qayta bekinsa –qish yana 6 haftaga cho‘ziladi. AQSh va Kanadaning ayrim shahar va qishloqlarida bu kuni  ko‘pchilik sayohatchilarni jalb qiluvchi  mahalliy meteorologik sug‘urlarga bag‘ishlangan festivallar bo‘lib o‘tadi. Bayramning kelib chiqish negizining tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Odamlar uzoq muddatga  mo‘ljalangan ob-havoni oldindan aytib berish an’anasi mas’uliyatini "bizning kichik do‘stlarimizga” yuklash Qadimgi Rimda boshlangan. Bu yerda har yili 2-fevralda Tipratikan kuni nishonlangan. Shu kunning meteorologik prognozi uyg‘otilgan tipratikanning xatti-harakati bilan belgilangan, tipratikan o‘z soyasini ko‘rgan yoki ko‘rmagan. G‘arbiy Yevropa aholisi bu an’anani uzoq vaqtgacha asrab kelishgan.Shimoliy Amerikadagi ko‘chmanchi xalqlar o‘z vaqtida boshqa an’analar bilan birga bu an’anani ham qo‘shib olishgan. Okeanning qarama qarshi tomonida tipratikanlar yashamaydigan yerida, mas’uliyatli meteorolog roli sug‘urga o‘tgan.Hozirgi kunda 7 ta dunyo bo‘yicha taniqli meteorolog - sug‘urlar bor: Panksutoneylik Fil, Uayrtonlik Villi, Steyten - Aylend hayvonot bog‘idan Chak, Shubinakadlik Sem, Balzakskiy Billi, Jimmi Sug‘uri va General Bearegard Li. Pensilvaniy (AQSh) tog‘larida yashovchi sug‘ur – eng birinchi rasmiy meteorolog – sug‘ur. Mana 120 yilga yaqin, 1886-yildan boshlab odamlar pensilvanlik sug‘urning xatti-harakatini kuzatishadi. Shu voqea munosabati bilan har yili shtatda festival o‘tkazilib, "Sug‘ur kuni” filmi namoyishidan keyin dunyo bo‘yicha mashhur bo‘lgan Fil ismli sug‘ur – Amerikaning eng mashhur kemiruvchi - sinoptigidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.