Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz? 

3 108

 Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tik turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?

 Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tik turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?

  Endilikda biz Yer ikki yo`nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham Yer yuzasi bilan birga aylanamiz. Bizni va okeanlardagi suvlarni gravitatsiya, Yerning tortish kuchi tutib turadi.

  Yerning aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko`pgina narsalarda ko`rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan kun almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida esa abadiy tun hukm surgan bo`lar edi. Yerning har bir nuqtasi 24 soat ichida dastlab Quyosh nuri tushadigan tomonda, so`ngra qorongi tomonda bo`ladi.

 Yerning biz «sezmaydigan», ammo hayotimizni o`zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida aylanishidir. Aynan shu harakat yil fasllari almashuviga sabab bo`ladi, tevarak-atrof har faslda o`zgaradi. Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun, ya’ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va hokozolar o`lchovidir.

  Fasllar almashuvi Yer o`qining qiyaligi bilan bog’liq. Yer o`qining ekliptika (Quyoshning ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan yillik harakati sodir bo`ladigan katta sfera aylanasi)ga nisbatan qiyaligi 66 gradusdir. Har bir qutb yarim yil davomida Quyoshga, yana yarim yilda esa undan teskari tomonga qiyalagan bo`ladi. Shuning uchun yerning shimoliy qismiga yarim yil davomida Quyosh nuri ko`proq, keyingi yarim yilda esa ozroq tushadi. Quyosh nuri ko`proq tushgan vaqt kamroq tushgan vaqt yilning eng sovuq fasllari bo`ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash