Moskva Kremli qanday qurilgan 

4 405

Biz "Moskva birdaniga paydo bo'lib qolmagan” degan gaplarni eshitganmiz. Bu ibora Kremlga ham tegishli. Ulig' knyaz Yuriy Dolgorukiy bu maskanda shahar qurishga qaror qilishidan oldin ham aynan shu joyda yog'och qal'a bo'lib,  XV asrdan boshlab Kreml deb ataladigan bo'ldi. Uni yana tosh ertak ham deb atashadi. XIV asrga qadar qal'a baquvvat devor bilan o'ralgan, bu esa o'sha vaqtlarda ishonchli edi. Qal'a devorlaridan tashqarida bo'lgan barcha imoratlar ,,посад", qal'adan biroz uzoqda bo'lgan joylar ,,загородье" deb atalardi. Knyaz Donskoy zamonida 1367-yil yog'och devor o'rniga pastqam tosh devorlar tiklandi va o'sha Kreml ilk bor tosh shahar nomini olgan edi. Har bir asr Kreml arxitekturasiga yangilik qo'shdi lekin Kreml asosi XV-XVI asrlarda qirilganicha qoldi. Keyinchali turli binolar qurilgan. Спасская minorasi dastlab yangi ko'rinish kasb etdi. Xuddi o'sha paytlar minorada chalinuvchi soatlar - Kreml kurantlari paydo bo'lgan edi. Biroq Moskvadagi yong'indan soatlar va figuralar vayron bo'ladi keyinchalik qayta ta'mirlanadi. Кутафья va Троицская minoralari boshqalariga qaraganda tahdidliroq ko'rinadi. Moskvani egallagan Napoleon qo'shinlari ayni shu yerda 1812-yilgi Vatan urushi partizanlari qarshiligiga uchraganligi haqida ma'lumotlar bor. Kreml devorlarining har bir minorasi o'ziga xos ahamiyatga ega. Uning devorlari bilan umumiy uzunligi 2235 metrga teng. Kreml devorlari 1046 ta dandanaga ega.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.