Soatlar qanday paydo bo`lgan? 

12 854

  XIII asrdan boshlab minoralar, qo’ng’iroqxonalarga o’rnatilgan. Ularning ba’zilarida soat millaridan tashqari odamlarning harakatlanuvchi qiyofalari ham bo’lgan. XV asrda qimmatbaho toshlar qadalgan cho’ntak soat paydo bo’lgan.
  Mexanik soatlar XIII asrdan boshlab minoralar, qo’ng’iroqxonalarga o’rnatilgan. Ularning ba’zilarida soat millaridan tashqari odamlarning harakatlanuvchi qiyofalari ham bo’lgan. XV asrda qimmatbaho toshlar qadalgan cho’ntak soat paydo bo’lgan. Galiley mayatnikning ishini o’rgangach, mayatnikli soatlar paydo bo’ldi. 20-a. 20-yillaridan boshlab qo’l soatlar ommalashib ketdi.
  Hozirgi soatlar. Elektr soatlarda milni elektr motor harakatlantiradi. 1922-yilda avtomatik tarzda burab turiladigan mexanik soatlar ixtiro qilindi. 1971-yil suyuq kristallardan qilingan soatlar paydo bo’lgan. Kvars, elektron soatlar ham bor.
Kalendar. Qadimgi misrliklar osmon gumbazini 12 qismga bo’lishgan, har qaysi qism zodiakal yulduz turkumlaridan birining nomi bilan atalgan. Bunday «bo’lish» 12 oylik kalendar (taqvim)ga asos bo’lgan.
BILASIZMI?
  Vaqtni aniqlash uchun qadimda odamlar quyosh soatlaridan foydalanishgan. Yerga aylana chizib, uni qismlarga ajratib markaziga tayoqcha suqib qo’yishgan. Quyosh osmon bo’ylab harakat qilgan sayin tayoqcha soyasi bir qismdan ikkinchi qismga surilib borgan. To’g'ri, quyosh soatlari bulutli havoda ishlamagan. «Umr o’tmoqda» jumlasi suv soatidan kelib chiqqan. Qismlarga ajratilgan idishga suv asta-sekin tomchilab oqadi. So’ng suvning o’rnini qum egallagan. U ham tepadan pastga oqa boshlaydi. Ammo bu soatlarning barchasi aniq emas edi. Birinchi toshli mexanik soatlarni fransuz monaxi Jerve yasagan. Asta-sekinlik bilan ular mukammallashib 1300-yili Yevropada aniq mexanik soatlar paydo bo’ldi. Maxsus moslama soat millarini aylantirgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.