Yevropa-Osiyo transkontinental avtomagistrali 

3 457

 Yevropa-Osiyo transkontinental avtomagistrali — Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiya orqali G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bog‘laydigan avtomagistral. Jahondagi eng yirik avtomagistrallardan biri. Rotterdam (Gollandiya) — Shanxay (Xitoy) portlarini bog`laydi.
  Umumiy uzunligi 10 ming km dan ortiq. Avtomagistralning  O‘zbekiston hududidan o‘tadigan qismi — Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot trassasi umumiy uzunligi 1422 km, barcha kirish yo‘llarining uzunligi 500 km bo'lib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan boshlanib, so‘ngra Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qizilqum orqali Xorazm viloyati hududidan o‘tib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukusga chiqadi.
  Magistral Afg‘oniston va Turkmaniston yo'nalishidagi xalqaro trassalarni ham kesib o‘tadi. Ushbu magistralni loyihalash ishlari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-avgust qarori asosida 1999-2000-yillarda amalga oshirildi. Loyihalashtirishning subpudrat shartnomalarida ilg‘or xorijiy davlatlarning loyihalash institutlari ham ishtirok etgan. Loyihalash yechimlari jahon standartlari darajasida qabul qilinib, qurilgan yangi trassa avtotransport vositalarining katta tezlikdagi harakatini ta’minlovchi O‘zbekiston milliy magistraliga aylanadi.
  Magistral mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Trassaning qurilishi bilan yaqin kelajakda yo‘l atrofi cho‘l hududlarini o‘zlashtirishga yanada qulay imkoniyatlar yaratiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.