Kumush haqida qiziqarli faktlar… 

7 950

1. Eng yirik quyma kumush Chilida topilgan. Uning vazni 1420 kilogrammga teng bo’lgan.

2. Kumush degan metall borligi bundan 6 ming yil oldin ham ma’lum bo’lgan.

3. Qadimiy Misrda kumush haqida boshqalarga nisbatan ancha oldin ma’lumotga ega bo’lishgan va bu qimmatbaho metalldan taqinchoqlar yasashgan.

4. O’ninchi asr oxirlarida Rossiya imperiyasida kumush tangalar zarb eta boshlashgan.

5. Kumushni hindlar ko’proq qadrlashadi. Ular umr bo’yi kumushdan yasalgan taqinchoqlar yig’ib, keyinchalik bu taqinchoqlarni farzandlariga meros qilib qoldirishadi.

6. Kumush bemorni davolash xususiyatiga ega. Bundan 2500 yil oldin Misr harbiylari yaradorlarning jarohatiga kumush bosishgan va shu usul yordamida jarohatlar bitgan. Hozir ham tibbiyotda kumushdan unumli foydalanishadi.

7. Agar yangi sog’ilgan sigir sutiga kumush tashlab qo’yilsa, uning iste’molga yaroqlilik muddati sezilarli tarzda cho’ziladi. Xalqaro fazo stansiyasida o’z vazifasini ado etayotgan astronavtlar faqat kumush aralashtirilgan suv ichadi. Yaponlar kumushdan havoni tozalash maqsadlarida foydalanishadi.

8. Qadimda vavilonyan hamda assiriylar kumushni Oy timsoli sifatida qadrlashgan.

9. Kumush yorug’likni yuz foiz qaytara oladi.

10. Uy sharoitida kumush elektr tokini boshqa metallarga nisbatan yaxshiroq o’tkazadi.

11. Oziq-ovqatga kelsak, tuxum sarig’i tarkibida kumush miqdori ko’pchilikni tashkil etadi.

12. Kumushning ziyoni ham yo’q emas. Agar me’yordan ortiq foydalanilsa, kumush inson organizmiga zahar ko’rinishida kirib boradi.

13. Tish og’riganda, kumush qoshiq yoki boshqa shu metalldan yasalgan buyumni bossangiz, og’riqni vaqtinchalik bo’lsa-da to’xtatadi.

14. Qadimdan kumush ma’nan va ruhan poklanish timsoli bo’lib kelgan. U yovuz ruhlar ta’qibidan asraydi deya hisoblashgan. Kumush aralashtirilgan kamar organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Kumush baldoq odam organizmidagi zararli energiyani haydab soladi. Chap qo’lga kumush baldoq taqilsa, tanadagi yuqori harorat, ya’ni, isitmani tushiradi. Kumush uzuk tanadagi barcha zararli energiya va kasalliklarni o’z ichiga yutadi. Agressiyadan asraydi. Yurak faoliyatini yaxshilaydi. Kumush ziraklar miya faoliyatini yaxshilaydi.
Olimjon HAYIT tayyorlagan

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.