Cho’kib borayotgan shahar… 

1 806

 
Indoneziya poytaxti Jakartada 10 million aholi istiqomat qiladi. Mamlakatda suv toshqinlarining ko’p kuzatilishi oqibatida mamlakat dunyodagi eng tez sur’atlarda "cho’kib borayotgan” hudud hisoblanmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar Jakarta yiliga 25 sm.dan cho’kib borayotganini ko’rsatmoqda. Agar bu holat nazoratga olinib, kerakli choralar ko’rilmasa, 2050-yilga kelib mamlakat butunlay suv ostiga g`arq bo’lishi xavfi bor. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, mamlakat yomg`irli hududda joylashganligi, shuningdek, hududga doimiy tarzda Yava dengizi to’lqinlarining urilishi hamda ushbu 13 ta daryoning oqib o’tganligi mamlakatning suv ostiga butunlay g`arq bo’lishiga sabab bo’lmoqda, deya xabar bermoqda bbs.som sayti.
Manba: UzA.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.