Yuklanmoqda...

TOP-10 Davlatlar o'rtasidagi eng g'alati chegaralar


 
Dunyo shunday tuzilganki, unda turli insonlarning hududlarini ajratib turuvchi, xayoliy yoki ko'z bilan ilg'ash mumkin chegaralar mavjud. Davlat chegaralari — ularning eng sezilarlisidir. Uni turlicha kesib o'tish mumkin: pasportingizda bir talay vizalar bilan yoki demarkatsiya chizig'ini bildirmasdan bosib. Quyida Trendymen.ru tomonidan tayyorlangan, 10ta eng g'alati chegara haqidagi ma`lumot qo'shni davlatlarning munosabatlari haqida har qanday so'zlardan ko'ra yaxshiroq tushuncha beradi.
 
Bolgariya - Ruminiya
 
Davlat chegarasi har doim ham uning ikki tomonida yashovchi insonlarni ajratib qo'ya qolmaydi, lekin usiz yashab ham bo'lmaydi. Suratda Bolgariya (chapda) va Ruminiya (o'ngda) chegarasi qush parvozi balandligidan turib qurollanmagan ko'z bilan shakl va mazmun jihatidan farqlanmoqda.
 
Hindiston - Pokiston

Hindiston va Pokiston o'rtasidagi chegara tantanavor darvoza shaklida yasalgan va undan rasmiy tadbirlar hamda harbiy o'quv mashqlarida foydalaniladi. Chegarada uchrashish marosimi azaliy an`ana hisoblanadi va ikki davlat o'rtasidagi birodarlik munosabatlarini namoyish etib beradi. Vagah marosimi 1959 yildan buyon ikki tomondan askarlar ishtirokida har kuni bo'lib o'tadi va tungi vaqtda bayroqlarning tushirilishi bilan yakun topadi.
 
Italiya - Fransiya

Xalqaro kosmik stansiya bortidan olingan ushbu surat Italiyaning Turin shahri va Fransiyaning Lion shahriga yondosh hududlarni qamrab olgan. Ularning o'rtasiga tabiiy chegara bo'lib Alp tog'lari tushgan, uning cho'qqilari bo'ylab davlat chegarasi o'tgan. Alp tog'lari umumiy hisobda sakkiz davlat: Fransiya, Monako, Italiya, Shveytsariya, Lixtenshteyn, Germaniya, Avstriya va Sloveniya uchun chegara bo'lib xizmat qiladi.
 
Gaiti - Dominikan

Dominikan respublikasi (o'ngda) qurg'oqchilikni yengish va hududni obodonlashtirish uchun yetarli mablag'ga ega. Haiti esa (chapda) bunga qodir emas, shu sababli uning hududi nom-nishonsiz cho'lga o'xshaydi.
 
Rossiya - AQSh

Sharqda Alyaskaning Styuart yarim oroli va g'arbda Sibirning Chukotka yarim oroli o'rtasidagi Bering bo'g'ozi. Surat markazidagi Katta va Kichik Diomid orollari o'rtasidan Rossiya va AQSh chegarasi o'tadi.
 
Angliya - Shotlandiya

Buyuk Britaniya uzoq davrlardan beri bus-butun davlat ekanligiga qaramasdan, angliyaliklar va shotlandiyaliklar yerlarining qayerdan boshlanib, qayerda tugashini juda yaxshi bilishadi va eslashadi. Chegara 1575-yilgi ingliz-shotland urushidan so'ng o'rnatilgan va o'shandan beri bayroqlar va megalit toshlar bilan belgilanib keladi.
 
Meksika - AQSh

Meksika-Amerika chegarasidagi ushbu xalq yodgorligi an`anaviy usulda barpo etilgan va ikki davlat o'rtasidagi chegarani kesib o'tishda halok bo'lgan yuzlab qurbonlarga bag'ishlanadi.
 
Shimoliy Koreya — Janubiy Koreya

Ikki Koreyani — turli qadriyatlarga ega ikki dunyoni bo'lib turuvchi bu yer tasmasi harbiysizlashtirilgan zona sifatida tanilgan. 200 kilometrlik chegara tasmasi 1953 yilgi Koreya urushi davrida o'lchab olingan va har ikki tomondan yuzlab asirlarni almashtirish joyi bo'lgan. Davlatlar o'rtasidagi janjal sovet ittifoqi va Qo'shma Shtatlar o'rtasidagi proksi-urush tufayli kelib chiqqan edi.
 
Niderlandiya - Belgiya

Niderlandiya va Belgiya o'rta asrlardayoq davlat sifatida shakllangan, lekin do'stona qo'shnilar sifatida deyarli hech qachon urushishmagan va buning oqibatida jiddiy chegaralar barpo etishga ham hojat bo'lmagan. Bugun mamlakatlar o'rtasidagi demarkatsion chiziq faqat ramziy ma`nodagina ishlatiladi.
Manba: kun.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar