​“7 yillik tanaffusdan so`ng o`qishni tiklash mumkinmi?” 

4 183

"Qizim oliy o`quv yurtida o`qib yurganida — 2-kursligida turmushga chiqdi. Orada farzandli bo`ldi. Quda taraf uning o`qishni davom ettirishini xohlashmadi. Oradan 7 yil o`tib ketdi. Hozir farzandlari katta bo`lib qoldi. Endi qizim o`qishini qayta tiklash niyatida. Qizim o`qishini tiklay oladimi?”

— Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son Qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 29-bandiga binon, o`qishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda bo`lganlik, uch yoshgacha bo`lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog`liq mehnat ta`tili hamda sog`liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) o`tgan hollarda talabalar o`qishini qayta tiklash O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.