Xaritani o’qish
Xaritani o’qish
ko’nikmasi geografiyaning barcha kurslari davomida geografik jihozlarni o’rganish bilan birga
shakllanadi. Xaritani o’qishdan
avval xaritani tushinish kerak.
Xaritani tushinish uchun esa xaritaning "alifboshini” bilish zarur.
Ammo o’quvchiga xarita alifbosi o’rgatilsa-yu xaritani
o’qishga oid mashqlar
o’rgatilmasa u samarali
natija bermaydi. Xaritani o’qish ko`nikmalarini takomillashtirishda xarita bo’ylab sayohatning
ahamiyati katta. O’quvchilarning "sayohat" yo`nalishlari bilan tanishtirish kerak. Xaritada qilinadigan
sayohat bilan o’quvchilar
xaritani jonlantiradilar.
