Xaritalarni solishtirish 

5 188

  O’quvchilar ongida  geografik tasavvur va  tushunchlar hosil qilishda solishtirish usuli katta ahamiyat kasb etadi. Avstraliya, Janubiy  Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning tabiiy  geografik sharoitlarini  o’rganishda o’quvchilar  meridional yo’nalishda joylashgan tabiat zonalariga duch keladilar. Masalan, o’quvchilarga Shimoliy Amerikadagi tabiat zonalarning joylashish xususiyatlarini va uning sabablarini aniqlash uchun  umumgeografik, iqlim va o’simlik  kartalarini bir-biriga solishtirish vazifasi topshiriladi. O’quvchilar kartalarni tahlil qilib okean va dengiz  oqimlari hamda rel`efning iqlim sharoitiga ta’sirini va shunga muvofiq holda zonalarning joylashishini aniqlaydilar.
  O’quvchilarga  ikkita xaritani bir-biri bilan  solishtirish va tabiat  elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aniqlash tavsiya etiladi. Masalan, Amerikaning  umumgeografik va iqlm xaritalaridan iqlm bilan  rel'yef o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniqlash vazifasi topshiriladi. Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalariga  geografik tavsif  berishda o’quvchilar bir qancha  xaritani masalan, umumgeografik, iqlim, tabiat zonalari. Aholi faoliyatining ayrim tomonlari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.