Veneraning atmosferasi bormi? 

470

BepiColombo va Solar Orbiter missiyasi olimlarga Venera haqida yangi ma’lumotlar olish imkonini berdi.


Birinchi apparat Merkuriyni, ikkinchisi esa Quyoshni o‘rganish uchun yuborilgan edi. Biroq ikkala apparat ham Veneraning yaqinidan uchib o‘tdi. Apparatlar 2021-yilning avgustida bir kunlik farq bilan mazkur sayyoraning yaqinidan uchib o‘tdi. Ular tomonidan yuborilgan ma’lumotlar magnit maydonisiz sayyorada qanday qilib atmosfera bo‘lishi mumkinligini tushunish imkonini beradi.


Ma’lumki, Venera Quyosh shamolidan himoya qiladigan magnit maydoniga ega emas. Nazariy jihatdan bunday holatda Quyosh nuri atmosferaga to‘liq ta’sir o‘tkazishi kerak. Biroq bunday holat yuz bermaydi.


Yangi tadqiqotlar Venera atrofida induksiyalangan magnit maydoni shakllanganini ko‘rsatdi. U Quyosh shamoli hamda zaryadlangan zarrachalarning o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida yuzaga kelgan.


“Zondlarning kuzatuvlari zaryadlangan zarrachalar Venera atmosferasini Quyosh shamoli eroziyasidan himoya qilgan holda mazkur joyda sekinlashishi haqidagi eksperimental dalillarni taqdim etdi”, deya ma’lum qildi olimlar.


Mazkur dalillar Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralarni tadqiq qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular magnit maydoniga ega bo‘lmagan sayyoralar atmosferaga ega va nazariy jihatdan ularda hayot mavjud bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi, deb xabar beradi mir24.tv. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.