Cho`l timsolini saqlab qolaylik! 

3 646

 Sayg`oq cho’l timsoli hisoblanadi. U O’zbekiston, Qozogiston, Turkmaniston, Mo’g`uliston, Rossiyaning ko’z ilgamas tekisliklarida yashaydi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, sayg`oqlar muzliklar davrida mamontlar va kilich tishli yo’lbarslar bilan bir davrda mavjud bo’lgan.
 So’nggi 10 yillar ichida sayg`oqlar soni 90 foizga kamayib ketdi. Olimlar bu xoldan tashvishga tushishmokda: chunki biror turdagi sut emizuvchilar orasida kamayishning bunday tez ko’rsatkichlari kuzatilmagan. Sayg`oqlar asosan xorijda katta daromad keltiradigan shoxlari, qolaversa, go’shti uchun ovlanadi.
 Ayni paytda sayg`oq tabiatni himoya qilish xalqaro uyushmasining Qizil kitobiga yo’qolib ketish xavfi bo’lgan tur sifatida kiritilgan. Xalqaro hamjamiyat sayg`oqlarning yo’q bo’lib ketish xavfini yaxshi anglab yetib, sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha Memorandum qabul qildi va u ayni paytda amaliyotga kiritilgan.
 2009-yil Qoraqalpogiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasida sayg`oqlarni saqlab kolish bo’yicha Memorandum doirasida amalga oshirilayotgan o’rta muddatli ishchi dasturi ijrosiga bag`ishlangan yigilish bo’lib o’tgan. Unda O’zbekistonning Ustyurt mintaqasida sayg`oqlarni saqlab qolish yo’llari muhokama etildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, sayg`oqlarni saqlab qolish Alyansi va O’zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya instituti tadbir tashkilotchilari bo’lishgan.
  O’zbekistonning sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha Memorandumga qo’shilishi bilan yurtimizda antilopaning bu turini qutqarishga bo’lgan ishonch paydo bo’ldi. Jumladan, mamlakatimizning sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha xalqaro hamjamiyat oldida o’z majburiyatlari bor. Ayni paytda taxminan 15-25 ming atrofida sayg`oq qolgan. Agar ahvol ijobiy tomonga o’zgarmaydigan bo’lsa, yaqin yillar ichida hayvonot olamining ushbu noyob turi butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin.
  O’zbekiston sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha Xalqaro alyans a’zosi. Ushbu o’ta muhim va mushkul vazifani uddalashda jamoatchilikka ham ko’p narsa bog`liq. Bugungi kunda sayg`oqlarning eng katta dushmani brakonerlar hisoblanadi. Ayniqsa, oktyabr-fevral oylarida, ya’ni sayg`oqlarning ko’chish davrida brakonerlar faollashib qolishadi. Shoxi qimmatbaho mahsulot hisoblangani bois asosan erkak sayg`oqlar ovlanadi. Oqibatda, to’da bir tomondan, turli yirtqich hayvonlardan himoya qiluvchisidan, ikkinchi tomondan esa ko’payish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Demak, birinchi navbatda brakonerlikka barham berish yo’llarini izlab topish lozim. Shuningdek, sayg`oqlarni saqlab qolish ishiga keng jamoatchilikni, aholining turli qatlamlarini faol jalb etish ham muhim. 2009-yildan yanvar oyida mamlakatimizda aholining ta’lim darajasini oshirish va mahalliy aholini jalb etgan holda sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha ikkita loyihani amalga oshirishga kirishildi. 
 Ikkinchi loyihaning maqsadi esa jamoatchilik ongini oshirish hamda sayg`oqlarni saqlash bo’yicha mukammal tarmoqni yaratishni nazarda tutadi. Loyiha doirasida Jasliq, Qoraqalpog`iston va Kubla-Ustyurt aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida ish olib borilmoqda. Maktablar o’quvchilari uchun esa ta’lim dasturlari joriy etilgan. Mahalliy aholi sayg`oqlarning himoyachilari va do’stlari sifatida tadbirlarga keng jalb etilmoqda.
  Sayg`oqlarni saqlab qolish uchun turli davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi muhimdir. Bu borada huquq-tartibot idoralari, ommaviy axborot vositalari, olimlar, mutaxassislarning ishtiroki talab etiladi. 1991-yilda tashkil etilgan "Sayg`oqli” qo’riqlanadigan hududi bu nodir jonivorlar hayotiga hech narsa va hech kim tahdid solmaydigan tabiiy maydonga aylanib bormoqda.
… Bir zamonlar ko’chmanchi xalqlar uchun sayg`oq cho’l timsoli bo’lgan. Agar bugun hammamiz birgalashib harakat qilmasak, yaqin yillar ichida sayg`oqlar butunlay qirilib ketishi mumkin. Bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.