Xavf to`g`risida ogohlantiruvchi belgi
Har bir shaharlik yoz kunlari dam olishga toqqa, dala
hovlisiga yoki lagerga chiqqanida, albatta, uyiga qaytishda tog’ gullaridan
guldasta oladi.
Lekin hech birimiz terilgan bo‘tako‘z,
lola, qo‘ng‘iroqgul, lolaqizg'aldoq, boychechaklar orasida yo'q boiib ketish
arafasida turgan noyob gul boiishi mumkinligi haqida o’ylamaymiz. Eng yomoni
esa biz uzgan gul bir o’simlik oilasining so‘nggi turi boiib chiqishi ham
mumkin. Shuning uchun ko’zingiz tushgan har qanday chiroyli gulni uzish uchun
qoiingizni cho‘zishga shoshilmang!
"To‘xtang!”
- deb ogohlantiradi bizni svetoforning taqiqlovchi qizil chirog’i kabi
tabiatning Qizil kitobi.
Qizil kitob tabiatning mulki hisoblangan p noyob o‘simlik va
hayvonot olami uzra paydo boigan xavf to‘g‘risida ogohlantiradi.
Qizil
kitob - yo‘qolib ketish xavfi ostida boigan o‘simlik va hayvonot olamining
noyob turlari kiritilgan ro ‘yxatdir. Kitobda har bir noyob turning o’tmishda va hozirda
tarqalgan joyi, soni, kamayib ketish sabablari va ulami himoya qilish uchun
ko‘rilayotgan choralar ko‘rsatilgan.
XX
asrning ikkinchi yarmida inson o‘z xo'jalik faoliyatini faollashtirib, yovvoyi
hayvonlarning ko‘p turlarini o‘zlari yashab yurgan joylaridan siqib chiqardi.
Uzoq o’tmishda Amudaryo va Sirdaryo sohillaridagi to‘qayzorlar hukmdori boigan
turon yoibarsi butunlay yo'qolib ketdi. Ovchilar sahroning go‘zal yovvoyi
mushugi-silovsin, shuningdek, qizil bo‘ri
hamda yirik qush hisoblangan tuvaloqni qirib bitirdilar. Yoi-yoi sirtlon, tog‘
echkisi va buxoro kiyiklari yo‘qolib ketish arafasidadir.
O‘zbekiston
Qizil kitobiga, afsuski Tyanshan ayigi, oq qoplon, Turkiston silovsini, jayron,
burgut, echkiemar va Markaziy Osiyo ko‘zoynakli iloni kiritilgan. Yaqin
kunlarda ham togiarda sayohatchilar ularga duch kelar edi.
Qizil kitob sahifalariga Greyg va Lemann lolalari, yovvoyi
uzum va chinor daraxtlari kiritilgan.
Inson
yordamisiz ushbu o‘simlik hamda jonivorlar o’z jonlarini saqlab qololmaydi.
Shuning uchun maxsus qo‘riqxonalar zarur. Har bir kishi qurt-qumursqa yoki
hayvonni oidirishdan, yovvoyi gulni uzishdan oldin tabiatga yetkazayotgan
zarari haqida yaxshilab o‘ylab ko'rishi kerak.
Yodingizda
bo'lsin! Qizil kitobga kiritilgan o'simlik va hayvonlarga zarar etkazish
ta’qiqlanadi. Noqonuniy ravishda o‘simliklami yig‘gan, hayvonlami tutgan va
oidirgan shaxslar javobgarlikka tortiladi va ulardan jarima undiriladi.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik yoki hayvonlar qaysi
mamlakat hududida yashayotgan boisa, ushbu turni saqlab qolish va himoya qilish
uchun mazkur mamlakat qoiidan kelgan barcha ishlami amalga oshiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.