Fan olimpiadasi g`olibiga qanday imtiyoz bor? 

5 047

Kollej va liseylardagi fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o`rinlarni olgan o`quvchilarga qanday imtiyozlar bor?

— Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g`oliblari bo`lgan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o`quvchilarini taqdirlash tartibi to`g`risida”gi nizomga muvofiq, Umumta`lim fanlari bo`yicha respublika olimpiadalarida 1-3-o`rinlarni va xalqaro olimpiadalarda 1-5-o`rinlarni egallagan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo`shimcha imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinishlari begilangan.

Shu bilan birga olimpiadalar g`oliblariga: xalkaro olimpiadalarda 1, 2, 3, 4, 5-o`rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 10, 9, 8, 7, 6 baravari miqdorida, respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-o`rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 3, 2, 1 baravari miqdorida pul mukofotlari belgilanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.