Yuklanmoqda...

Bir oy necha kun? 

178

Oy Yer atrofini 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Oy o‘z orbitasida bir nuqtadan chiqib yana shu nuqtaga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt siderik oy deb yuritiladi (siderik oy yulduzga nisbatan hisoblanadi). Oyning bir xil fazasi takrorlanishiga ketgan vaqt esa 29,5 sutkani tashkil etadi. Bu vaqt sinodik oy deb yuritiladi (sinodik oy Yerga nisbatan hisoblana­di). Siderik oy muddati bilan sinodik oy muddatlari bir-biridan farq qiladi.
Bu hodisani rasm yordamida tushuntirish mumkin. Rasmdagi A nuqtani yangi oy fazasi payti deb olaylik. Bir siderik oy o‘tishi bilan u o‘z orbitasini to‘la aylanib chiqadi, ayni vaqtda u Yer bilan birga bir qancha masofani bosib o‘tadi.

A nuqta bir oydan keyin В nuqta holatiga keladi, binobarin, В nuqtaning o‘rni Yerdan qaraganda A nuqta o‘midagi Oy fazasiga to‘g‘ri kelmaydi.

В nuqta yangi oy fazasi holatiga, ya’ni Quyosh bi­lan Yer oralig‘iga to‘g‘ri kelishi uchun A nuqtaga o‘tishi lozim. Oyning В nuqtadan A nuqtagacha harakatlanishi uchun talab etiladigan ikki sutkadan ortiqroq vaqt sinodik oy bilan siderik oy oralig‘idagi mud- datni tashkil etadi.

Oy o‘z o‘qi atrofida 27,3 sutkada aylanib chiqsa ham yer­dan ko‘rinadigan bir xildagi ikki fazasi oralig‘idagi vaqt 29,5 sutkaga teng bo‘ladi. Demak, bir oy 29,5 sutkani tashkil etadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив