Bir oy necha kun?
Oy Yer atrofini 27,3 sutkada bir
marta aylanib chiqadi. Oy o‘z orbitasida bir nuqtadan chiqib yana shu nuqtaga
qaytib kelishi uchun ketgan vaqt siderik oy deb yuritiladi
(siderik oy yulduzga nisbatan hisoblanadi). Oyning bir xil fazasi takrorlanishiga ketgan vaqt esa 29,5 sutkani tashkil etadi. Bu vaqt sinodik oy deb yuritiladi
(sinodik oy Yerga nisbatan hisoblanadi). Siderik oy muddati bilan sinodik oy
muddatlari bir-biridan farq qiladi.
Bu hodisani rasm yordamida
tushuntirish mumkin. Rasmdagi A nuqtani yangi oy
fazasi payti deb olaylik. Bir siderik oy o‘tishi bilan u o‘z orbitasini to‘la
aylanib chiqadi, ayni vaqtda u Yer bilan birga bir qancha masofani bosib
o‘tadi.
A nuqta bir oydan keyin В nuqta holatiga keladi, binobarin, В nuqtaning o‘rni Yerdan qaraganda A nuqta o‘midagi
Oy fazasiga to‘g‘ri kelmaydi.
В nuqta yangi oy fazasi holatiga, ya’ni Quyosh bilan
Yer oralig‘iga to‘g‘ri kelishi uchun A nuqtaga o‘tishi lozim. Oyning В nuqtadan A nuqtagacha harakatlanishi uchun talab
etiladigan ikki sutkadan ortiqroq vaqt sinodik oy bilan siderik oy
oralig‘idagi mud- datni tashkil etadi.
Oy o‘z o‘qi atrofida 27,3 sutkada aylanib chiqsa
ham yerdan ko‘rinadigan bir xildagi ikki fazasi oralig‘idagi vaqt 29,5 sutkaga
teng bo‘ladi. Demak, bir oy 29,5 sutkani tashkil etadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.