Yer o`zga sayyoralarda kuzatilganda 

3 816

Agar Yerni boshqa sayyoradan turib kuzatishning iloji bo‘lsa, osmon bizga kunduzi ham qora bo'lib ko‘rinar, Quyosh yoritib turgan paytda ham osmonda yulduzlar charaqlab ko‘zga tashlanar edi. Oy yerdan qanday ko'rinsa, Yer ham Oydan shu zaylda, ammo Oyning yerdan ko‘rinayotgan kattaligiga nis­batan to‘rt baravar kattaroq va undan bir necha baravar ravshanroq bo‘lib ko‘rinardi.

Biz o‘zimizni Venera sayyorasida deb faraz qilaylik: Venera sayyorasidagi atmosfera beg‘ubor bo‘lganida Quyosh yerdagiga nisbatan ikki hissa kattaroq, Veneraning yerdan ko‘rinishiga qaraganda olti baravar ravshanroq bo‘lib ko‘rinardi.

Endi Veneradan Merkuriyga o‘tdik, deb faraz qilaylik. Merkuriyda atmosfera yo‘q, kun bilan tun almashinmaydi, Quyosh yerdagiga nisbatan olti baravar katta, Yer esa Veneraning yerdan ko‘rinishiga qaraganda ikki baravar ravshanroq bo‘lib ko‘rinadi.

Marsdan turib qaralsa, Quyosh Yerdagiga nisbatan ikki baravar kichik bo‘lib, Yer esa xuddi Yerdan Venera ko‘ringanidek, ertalabki yoki kechqurungi «yulduz»dek ko‘rinadi.

Yupiter osmonida Quyosh Yerdagiga nisbatan yigirma besh baravar kichik bo‘lib, Yer esa faqat teleskop yordamida ko‘rinishi mumkin.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.