G`ayritabiiy soyalar
Quyosh charaqlab nur sochib tursa-yu,
buyumlar soya bermasa, bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi? To‘g‘ri keladi. Ekvatorda va uning atrofida Quyosh nurlari yerga tik tushadi.
Quyosh tik tepada turganda jismlarning soyasi yon
tomonga tushmaydi, masalan, odamning soyasi uning oyog‘i tagida bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda Quyosh hech qachon tik
ko‘tarilmaydi, shuning uchun buyumlaming soyasi yon tomonga tushadi. Quyosh
tik tepada turganda ufqdan 90° baland ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu holni 23°30'
shimoliy (22-iyunda) va janubiy kengliklar (22-dekabr) oralig‘ida kuzatish
mumkin.
Markaziy Osiyo joylashgan geografik
kengliklarda buyumlar soyasi sutka va yil davomida o‘zgarib turadi: yozda soya
qisqaroq, qishda esa uzunroq bo‘ladi. Bu Quyoshning ufqdan ko‘tarilish
balandligiga bog‘liq.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.