Yil fasllari nega o`zgarib turadi? 

16 694

Yer asosan ikki xil harakatlanadi: o‘z o‘qi atrofida (sutkalik harakat) va Quyosh atrofida (yillik harakat). Yeming o‘z o‘qi atrofidagi sutkalik harakati natijasida kun va tun vujudga kelsa, yillik harakati natijasida yil fasllari vujudga keladi.

Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakat yo ‘li uning orbitasi deb ataladi. Yer orbitasining uzunligi 940 million kilometr. Yer bu yo‘lni o‘rta hisobda soatiga 107 kilometr (yoki sekundiga 29,8 kilometr) tezlikda bosib o‘tadi. Bu tezlik artilleriya o‘qining uchish tezligidan o‘n baravar katta. Yer ana shunday tezlik bilan Quyosh atrofini 365 kun 5 soat 48 minut-u 46 sekundda aylanib chiqadi. Yeming quyosh atrofidan bir marta to‘la aylanib chiqishiga ketgan vaqt (365 kun-u 6 soat) yil deb ataladi.

Yil fasllarining almashinuviga Yeming Quyosh atrofidan aylanishi va Yer o'qining orbita yuzasiga — tekisligiga nisbatan og‘ishganligi sababchidir. Yer o‘qi orbita tekisligiga nisbatan 66°30' burchak tashkil etadi.

Yerning 21-martdagi holatini ko‘rib chiqaylik. 21-martda kun bilan tun chegarasi ikkala qutbdan o‘tgan, ya’ni sayyoramizning har ikkala yarim sharida kun bilan tunning uzunligi bir-biriga teng. Quyosh nuri shu kuni, ya’ni 21-mart­da ekvatorga tik tushadi — Yer o‘qiga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Tush paytida Quyosh tik tepamizda bo‘ladi. Shu kuni Yer Quyoshga nisbatan shunday vaziyatni egallaydiki, Quyosh nuri shimoliy va janubiy yarimsharlarga bir tekisda teng tarqaladi, Quyosh o‘zining bizga ko‘rinadigan yo‘lining teng yarmini ufq tepasida, ikkinchi yarmini esa ufq tagida, ya’ni yer sharining bizga nisbatan orqa tomonida bosib o‘tadi. Faqat shu kuni Quyosh haqiqatan ham sharqdan chiqib g'arbga botadi.

Mart oyida sayyoramizning shimoliy yarimsharida bahor, janubiy yarimsharida kuz bo‘ladi. 22-martdan boshlab kunlar uzaya va tunlar qisqara boshlaydi. Quyosh shimoli sharqdan chiqib, shimoli g‘arbga bota boshlaydi. Running uzayishi va tunning qisqarishi 22-iyungacha davom etadi. 22-iyunda say­yoramizning shimoliy yarimshari quyoshga qaragan bo‘ladi, shu tufayli bu yarimshar janubiy yarimsharga nisbatan quyosh- dan ko‘proq yorug‘lik, issiqlik oladi. Demak, shimoliy yarimsharda yoz boshlanadi, kunlar uzun, tunlar qisqa bo‘ladi, ekvatordan janubda, ya’ni janubiy yarimsharda esa qish kiradi va kunlar qisqa, tunlar uzun bo‘ladi.

Shimoliy yarimsharda yozda Quyosh ufqdan ancha baland ko‘tariladi; masalan, iyun oyida 23°30' shimoliy kenglikda Quyosh ufqdan 90°, Toshkentda 12°, Moskvada 58° baland ko'tariladi. 22-iyunda Quyosh Shimoliy qutb atrofini kechasiyu kunduzi yoritsa, Janubiy qutb atrofiga Quyosh nuri mutlaqo tushmaydi. Iyunda Shimoliy qutbga borgan sari kun uzayib, tun qisqaraveradi. Chunonchi, Toshkentda kunning uzunligi 15 soatga, tun 9 soatga teng, Moskvada kun 17,5 soatga, tun 6.5soatga, Sankt-Peterburgda esa kun 18,5 soatga, tun 5,5 soatga teng bo‘ladi.

Shu oyda Janubiy qutb atrofidagi o‘lkalarda butunlay boshqacha manzarani ko‘ramiz: 66°30' janubiy kenglikdan janub tomonda qorong‘i-zimiston; 23-iyundan sekin-asta kun­lar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. 23-sentabrga borib Yer Quyoshga nisbatan yana 21-martdagi holatni egallaydi. Yana Yer sharining hamma joyida tun bilan kunning uzunligi baravarlashadi.

Biroq 23-sentabr Yer sharida yil fasllarining taqsimlanishi jihatidan 21-martdan farq qiladi. 21-martda shimoliy yarim­sharda bahor, janubiy yarimsharda kuz bo‘lsa, 23-sentabrda shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda bahor bo‘la- di. 24-sentabrdan kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. Quyoshning ertalab chiqishidan kechqurun botishigacha bosib o‘tadigan yo‘li qisqara boradi, qisqarish 22-dekabrgacha davom etadi.

21-dekabrda sayyoramizning janubiy yarimshari Quyoshga qaragan bo‘ladi, shuning uchun janubiy yarimshar shimoliy yarimsharga nisbatan Quyoshdan ko‘proq yorug‘lik, issiqlik oladi. Demak, dekabrda janubiy yarimsharda yoz boshlanib, kunlar uzun, tunlar qisqa bo‘ladi; ayni vaqtda shimoliy yarim­sharda qish kiradi va kunlar qisqa, tunlar uzun bo‘ladi.

Qishda shimoliy yarimsharda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilmaydi. Dekabrda Quyosh Toshkentda ufqdan 25,5°, Mos­kvada 11° baland ko‘tariladi, xolos.

Yeming 22 dekabrdagi holatida Janubiy qutb atrofida Quyosh kechasi-yu kunduzi botmaydi. Shimoliy qutb atrofiga esa mutlaqo Quyosh nuri tushmaydi. Shimoliy yarimsharda kunlar qisqarib ketadi; chunonchi, Toshkentda kunning uzun­ligi 9 soatga va tun 15 soatga, Moskvada kun 6,5 soatga va tun 17.5soatga, Sankt-Peterburgda kun 5,5 soatga va tun 18,5 soatga teng bo‘ladi.

Demak, Yerning o‘qi Quyosh atrofidagi aylanish yo‘liga — orbita tekisligiga nisbatan og‘ishganligi natijasida yil fasllari almashinadi, Quyosh atrofidagi yillik harakatning turli davrla- rida Yer yuzasining yoritilishi va isitilishidagi farqlar kelib chiqadi.


Shimoliy va Janubiy qutblardan baravar masofada yer sharini ikki teng bo‘lakka, ya’ni shimoliy va janubiy yarim- sharlarga boiuvchi faraziy chiziq ekvator deb ataladi. Ekvatordan shimoldagi yil fasllari bilan ekvatordan janubdagi yil fasllari bir-birlaridan farq qiladi: shimoliy yarimsharda yoz bo‘lganda janubiy yarimsharda qish, shimoliy yarimsharda ba­hor bo‘lganda janubiy yarimsharda kuz bo‘ladi.

 

Quyosh nurlari yil davomida ekvatorga ikki marta:

21-mart va 23-sentabrda, 23°30' shimoliy kenglikka 22-iyunda, 23°30' janubiy kenglikka esa 22-dekabrda tik tushadi. Demak, bu kengliklar oralig‘ida yil fasllari bizdagidek alma- shinib turmaydi, balki doimo yoz issiq bo‘ladi, ekvatorga yaqin joylarda kun bilan tunning uzunligi yil bo‘yi bir-biriga teng bo‘ladi.

Quyoshning ko‘rinma yo‘li ufqdan qanchalik baland, tik bo‘lsa, kun bilan tun shunchalik tez almashinadi, ya’ni tong otish paytidagi qorong‘ilik nihoyatda qisqa vaqt davom etib, birdaniga kun yorishadi yoki birdaniga qorong‘i tushadi.

Biz istiqomat qilayotgan mo‘tadil kengliklar (shimoliy va janubiy yarimsharlarning 23°30' bilan 66°30' kengliklar oralig‘i)da yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek yil fasllari: bahor, yoz, kuz va qish bir vaznda almashinib turadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.