Yerning shakli 

38 514

Hozirgi vaqtda Yerning shar shaklida ekanligi hech kimni taaljublantirmaydi. Biroq Yerning shaklini aniqlab, uning shar shaklida ekanligini dalillash uchun insoniyat uzoq vaqtlar davomida juda ko‘p mehnat qilgan.

Ajdodlarimiz Yeming shaklini turlicha tasavvur etganlar. Qadimgi odamlar katta kemalar, temiryo‘llar qurishni bilma- ganlar, shuning uchun ularda uzoq oMkalarga sayohat qilish uchun imkoniyat ham bo‘lmagan. 0‘z o‘lkasidan chetga chiqmagan kishilar Yerning shakli va kattaligi, sayyoramizda qanday joylar, mamlakatlar borligi to‘g‘risida aniq tasawurga ega bo‘lmaganlar. Shu tufayli Yerning shakli va xorijiy o‘lkalar to‘g‘risida hap xil mavhum tushunchalar kelib chiqqan, afsonalar va rivoyatlar to‘qilgan.

Masalan, qadimgi odamlarda uzoq-uzoq o‘lkalarda bir ko‘zli, boshsiz, ot boshli yoki ikki boshli odamlar yashar emish, ba’zi mamlakat odamlarining quloqlari benihoya katta bo‘lib, ular kechalari bir qulog‘ini tagiga solib, ikkinchi qulog‘ini ustiga yopib yotar emish, degan mish-mishlar ham tarqalgan.

Ayrim xalqlar «Yerning atrofmi dengiz o‘rab olgan, ustiga esa billuriy osmon qoplangan», deb tasawur qilganlar. Dengiz atrofida yashovchi xalqlar «Yerni uchta katta baliq ko‘tarib turibdi, baliqlar qimirlaganda zilzila ro‘y beradi», deb o‘ylash- gan. Hindiston xalqlari «Yerni bahaybat fillar ko‘tarib turib­di», o‘zbeklar esa «Yerni ho‘kiz shoxida ko‘tarib turibdi», deb hisoblaganlar.

Vaqt o‘tishi bilan odamlar katta-katta dengiz kemalari qurishni o‘rganib oldilar, shundan keyin dengizlarda sayohat qila boshladilar. Dengiz sohillaridagi mamlakat xalqlari bilan savdo aloqalari boshlandi. Ular asta-sekin boshqa dengizlar va mam- lakatlar borligini bilib oldilar.

Qadimgi odamlar Yerni yassi yoki gardish shaklida deb bilganlar. Lekin uzoq o‘lkalarga sayohatlar ko‘paygan sari Yer­ning shakli haqidagi tushunchalar ham o‘zgaraverdi. Insoniyatning peshqadam vakil lari, olimlar Oy va Quyosh kabi Yer ham osmon jismidir, uning chekkasi yo‘q, u sharsimon shaklda, degan fikrga kela boshlaydilar.

Qadimgi odamlaming, Yer sharsimon emasmikin, degan fikrga kelishlariga ulaming dengiz sayohatlari vaqtidagi kuzatishlari sabab bo‘lgan. Masalan, kemada suzuvchilar biror sha- harga yanqinlashayotganlarida ularga dastlab shahardagi baland minoralaming uchlari ko‘rinadi. Shaharga yaqinlashgan sari boshqa imoratlar ham birin-ketin ko‘rina boshlaydi. Yeming yuzasi do‘ng, qavariq bo‘lganligidan shunday hodisa ro‘y beradi.

Magellan va hamrohlarining Yerni aylanib yana sayohat boshlangan joydan kelib chiqishlari, har kungi tong qorong‘iligi va shorn payti ham Yeming sharsimonligidan dalolat beradi. Yer yassi bo‘lganida erta bilan tong yorishuvi kabi hodisa kuzatilmas, Quyosh birdaniga chiqar, kechqurun esa kun asta-sekin qoraya bosh lamas, balki birdaniga qorong‘i tushar edi.

Quyosh chiqayotgan vaqtda quyosh nurining dastlab tog‘larning tepasiga, keyin etagiga, baland binolarga, daraxtlar uchiga, shundan keyingina past joylarga tushishi ham Yeming sharsimonligini tasdiqlovchi dalillardir.

Oy tutilishi hodisasi va uning sababi hozir ko‘pchilikka ma’lum. Oy tutilganda to‘lin oy chap tomonidan sekin-asta qoraya boshlaydi, muayyan vaqtdan keyin doiraviy qora dog‘ Oyning sirtini butunlay qoplab oladi; Oy Yeming soyasida qolganda shunday hoi ro‘y beradi; demak, doiraviy qora dog‘ Yeming soyasidir. Yer sharsimon bo‘lganligi uchun uning soyasi ham doira shaklida bo‘ladi.
 
Ufqning doira shaklida bo‘lishi ham Yeming sharsimonligidan dalolat beradi. Kishi qancha baland ko‘tarilsa, ufqning ko‘rinma uzoqligi shuncha kattalashadi.

Yaqin o‘tmishda Yeming sharsimonligi shu dalillar bilan isbotlangan. Hozirgi kosmik asrimizda bunday dalillarga hojat yo‘q. Yeming sharsimonligini hozir hamma tan olgan. Chunki fazogir kosmonavtlar Yeming sharsimon shaklda ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va uni rasmga oldilar.

Qadimgi Yunon olimi va mutafakkiri — Aristotel (miloddan avvalgi 384-322) Yerning sharsimonligi haqida birinchi dalil ko‘rsatgan bo‘lsa, vatandoshimiz, ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Yeming sharsimon shaklda ekanligini O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib isbotlagan.

XVII asrning yarmigacha Yer aniq shar shaklida deb hisoblab kelingan. Keyinchalik bunday tasawuming to‘g‘riligiga shubha bilan qarashga majbur etuvchi faktlar vujudga kel- gan. Mana shulardan biri: 1672-yilda Parijdan Kayyennaga (Janubiy Amerika) astronomik soat olib borilgan. Kayyennada bu soat sutkasiga 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan. Bunga og‘irlik kuchining, binobarin, mayatnik tebranish tezligining ekvatorga tomon kamayib borishi sabab bo‘lgan. Og‘irlik kuchining qutblardan ekvatorga tomon kamayib borishi Yer qutblarining siqiqligiga bog‘liq.

Bir toshni ipga bog‘lab gir aylantirsangiz, ip tortilib tarang bo‘ladi, hatto uzilib ketishi ham mumkin. Bunga toshni aylantirganda vujudga keladigan markazdan qochuvchi kuch sabab bo‘ladi. Yer shari doimo aylanib turganligidan unga ham markazdan qochuvchi kuch uzluksiz ta’sir etadi. Ana shu kuch ta’sirida Yerning qutblari biroz siqilib, Yer salgina yassilangan - ellips shakliga kirgan. Yer nihoyatda katta bo‘lganligi sababli uning tortish kuchi ham katta; Yeming atrofida atmosfera qatlamini ham shu tortish kuchi ushlab turadi.

Lekin ko'pchilik geografik o‘lchov ishlarida yerning shakli sharsimon deb qabul qilinadi. Yeming ekvator radiusi — 6378,2 km; qutb radiusi — 6356,8 km; qutbiy siqiqligi — 21,4 km; ekvator aylanasi — 400757 km; meridian aylanasi — 40008,5  km; Yeming sathi — 510083000 km.kv; Yerning hajmi — 1083 x 1012 km.kub. Yeming shakl va o'lchami Yer tabiatining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Yer sharsimon bo‘lganligidan Quyosh nuri yerga turli geografik kengliklarda turli burchak bilan, masalan, ekvator atrofiga tik, qutbiy rayonlarga yotiq tushadi. Shuning uchun ekvator atrofida issiq, qutbiy rayonlarda sovuq bo‘ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.