Yerning shakli
Hozirgi vaqtda Yerning shar
shaklida ekanligi hech kimni taaljublantirmaydi. Biroq Yerning shaklini
aniqlab, uning shar shaklida ekanligini dalillash uchun insoniyat uzoq vaqtlar
davomida juda ko‘p mehnat qilgan.
Ajdodlarimiz Yeming shaklini
turlicha tasavvur etganlar. Qadimgi odamlar katta kemalar, temiryo‘llar qurishni
bilmaganlar, shuning uchun ularda uzoq oMkalarga sayohat qilish uchun
imkoniyat ham bo‘lmagan. O‘z o‘lkasidan chetga chiqmagan kishilar Yerning shakli
va kattaligi, sayyoramizda qanday joylar, mamlakatlar borligi to‘g‘risida
aniq tasawurga ega bo‘lmaganlar. Shu tufayli Yerning shakli va xorijiy o‘lkalar
to‘g‘risida hap xil mavhum tushunchalar kelib chiqqan, afsonalar va
rivoyatlar to‘qilgan.
Masalan, qadimgi odamlarda
uzoq-uzoq o‘lkalarda bir ko‘zli, boshsiz, ot boshli yoki ikki boshli odamlar
yashar emish, ba’zi mamlakat odamlarining quloqlari benihoya katta bo‘lib, ular
kechalari bir qulog‘ini tagiga solib, ikkinchi qulog‘ini ustiga yopib yotar
emish, degan mish-mishlar ham tarqalgan.
Ayrim xalqlar «Yerning atrofmi
dengiz o‘rab olgan, ustiga esa billuriy osmon qoplangan», deb tasavvur
qilganlar. Dengiz atrofida yashovchi xalqlar «Yerni uchta katta baliq ko‘tarib turibdi, baliqlar qimirlaganda zilzila ro‘y beradi», deb o‘ylashgan.
Hindiston xalqlari «Yerni bahaybat fillar ko‘tarib turibdi», o‘zbeklar esa
«Yerni ho‘kiz shoxida ko‘tarib turibdi», deb hisoblaganlar.
Vaqt o‘tishi bilan odamlar
katta-katta dengiz kemalari qurishni o‘rganib oldilar, shundan keyin
dengizlarda sayohat qila boshladilar. Dengiz sohillaridagi mamlakat xalqlari
bilan savdo aloqalari boshlandi. Ular asta-sekin boshqa dengizlar va mamlakatlar borligini bilib oldilar.
Qadimgi odamlar Yerni yassi yoki
gardish shaklida deb bilganlar. Lekin uzoq o‘lkalarga sayohatlar ko‘paygan
sari Yerning shakli haqidagi tushunchalar ham o‘zgaraverdi. Insoniyatning
peshqadam vakillari, olimlar Oy va Quyosh kabi Yer ham osmon jismidir, uning
chekkasi yo‘q, u sharsimon shaklda, degan fikrga kela boshlaydilar.
Qadimgi odamlaming, Yer
sharsimon emasmikin, degan fikrga kelishlariga ulaming dengiz sayohatlari
vaqtidagi kuzatishlari sabab bo‘lgan. Masalan, kemada suzuvchilar biror shaharga yanqinlashayotganlarida ularga dastlab shahardagi baland minoralaming
uchlari ko‘rinadi. Shaharga yaqinlashgan sari boshqa imoratlar ham birin-ketin
ko‘rina boshlaydi. Yeming yuzasi do‘ng, qavariq bo‘lganligidan shunday hodisa
ro‘y beradi.
Magellan va hamrohlarining Yerni
aylanib yana sayohat boshlangan joydan kelib chiqishlari, har kungi tong qorong‘iligi va shorn payti ham Yeming sharsimonligidan dalolat beradi. Yer yassi
bo‘lganida erta bilan tong yorishuvi kabi hodisa kuzatilmas, Quyosh birdaniga
chiqar, kechqurun esa kun asta-sekin qoraya boshlamas, balki birdaniga
qorong‘i tushar edi.
Quyosh chiqayotgan vaqtda quyosh
nurining dastlab tog‘larning tepasiga, keyin etagiga, baland binolarga,
daraxtlar uchiga, shundan keyingina past joylarga tushishi ham Yeming sharsimonligini tasdiqlovchi dalillardir.
Oy tutilishi hodisasi va uning sababi hozir
ko‘pchilikka ma’lum. Oy tutilganda to‘lin oy chap tomonidan sekin-asta qoraya
boshlaydi, muayyan vaqtdan keyin doiraviy qora dog‘ Oyning sirtini butunlay
qoplab oladi; Oy Yeming soyasida qolganda shunday hoi ro‘y beradi; demak,
doiraviy qora dog‘ Yeming soyasidir. Yer sharsimon bo‘lganligi uchun uning
soyasi ham doira shaklida bo‘ladi.
Ufqning doira shaklida bo‘lishi ham Yeming
sharsimonligidan dalolat beradi. Kishi qancha baland ko‘tarilsa, ufqning ko‘rinma
uzoqligi shuncha kattalashadi (1-jadval).
1-jadval
Kuzatuvchining ko‘tarilish balandligi, m | Ufqning ko‘rinma uzoqligi, km |
---|---|
1 | 3,6 |
10 | 11,3 |
50 | 25,2 |
100 | 35,7 |
200 | 50,5 |
1000 | 112,9 |
5000 | 252,4 |
10000 | 356,7 |
Yaqin o‘tmishda Yeming
sharsimonligi shu dalillar bilan isbotlangan. Hozirgi kosmik asrimizda bunday
dalillarga hojat yo‘q. Yeming sharsimonligini hozir hamma tan olgan. Chunki
fazogir kosmonavtlar Yeming sharsimon shaklda ekanligini o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rdilar va uni rasmga oldilar.
Qadimgi Yunon olimi va mutafakkiri — Aristotel (miloddan avvalgi 384-322) Yerning sharsimonligi haqida birinchi dalil ko‘rsatgan bo‘lsa, vatandoshimiz, ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beraniy (973-1048) Yeming sharsimon shaklda ekanligini 0‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib isbotlagan.
XVTI asrning yarmigacha Yer aniq shar shaklida deb hisoblab kelingan. Keyinchalik bunday tasavvurning to‘g‘riligiga shubha bilan qarashga majbur etuvchi faktlar vujudga kelgan. Mana shulardan biri: 1672-yilda Parijdan Kayyennaga (Janubiy Amerika) astronomik soat olib borilgan. Kayyennada bu soat sutkasiga 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan. Bunga og‘irlik kuchining, binobarin, mayatnik tebranish tezligining ekvatorga tomon kamayib borishi sabab bo‘lgan. Og‘irlik kuchining qutblardan ekvatorga tomon kamayib borishi Yer qutblarining siqiqligiga bog‘liq.
Bir toshni ipga bog‘lab gir aylantirsangiz, ip tortilib tarang bo‘ladi, hatto uzilib ketishi ham mumkin. Bunga toshni aylan- tirganda vujudga keladigan markazdan qochuvchi kuch sabab bo‘ladi. Yer shari doimo aylanib turganligidan unga ham markazdan qochuvchi kuch uzluksiz ta’sir etadi. Ana shu kuch ta’sirida Yerning qutblari biroz siqilib, Yer salgina yassilangan - ellips shakliga kirgan. Yer nihoyatda katta bo‘lganligi sababli uning tortish kuchi ham katta; Yeming atrofida atmosfera qatlamini ham shu tortish kuchi ushlab turadi.
Lekin ko'pchilik geografik o‘lchov ishlarida yerning shakli sharsimon deb qabul qilinadi. Yeming ekvator radiusi — 6378,2 km; qutb radiusi — 6356,8 km; qutbiy siqiqligi — 21,4 km; ekvator aylanasi — 400757 km; meridian aylanasi — 40008,5 km; Yeming sathi — 510083000 km.kv; Yerning hajmi — 1083 x 1012 km.kub. Yeming shakl va o'lchami Yer tabia- tining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Yer sharsimon bo‘lganligidan Quyosh nuri yerga turli geografik kengliklarda turli burchak bilan, masalan, ekvator atrofiga tik, qutbiy rayonlarga yotiq tushadi. Shuning uchun ekvator atrofida issiq, qutbiy rayonlarda sovuq bo‘ladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.