Kun bilan tunning almashinishi
«Quyosh chiqdi», «Quyosh tepaga
ko‘tarildi», «Quyosh botdi» degan iboralarga odatlanib qolganmiz. Quyosh
haqiqatdan ham chiqib botadimi yoki bizga shunday tuyuladimi?
0‘tmishda, taxminan 1000 yillar ilgari, Yer bir
joyda qo‘zg‘almay turadi, Quyosh va boshqa osmon jismlari Yerning atrofida
aylanadi, deb hisoblanilgan (bu — geotsentrik nazariya).
Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy
Yer va boshqa say- yoralaming Quyoshga bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikmi o‘rtaga
tashlagandan keyin Yer bilan Quyoshning bir-biriga nisbati va bog'liqligi
haqidagi tasawurlar o‘zgara boshladi. Hajmi Yer hajmidan million baravardan
ziyod katta bo‘lgan Quyoshni Yer atrofida aylanadi, deyish haqiqatan aql bovar
qilmaydigan fikrdir.
Beruniy geotsentrik nazariyani
rad etib, geliotsentrik nazariyani ilgari surgandan va Yeming o‘z o‘qi atrofida
aylanishi isbot etilgandan keyin Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer Quyosh
atrofida aylanadi, degan fikrga kelina boshlagan.
Yeming o‘z o‘qi atrofida
aylanishini isbotlovchi dalillarga to‘xtab o‘tamiz. Biz Yeming o‘z o‘qi
atrofida aylanishini sezmaymiz, chunki o‘zimiz ham u bilan birga aylanamiz.
Masalan, poyezd yurib ketayotganda vagon derazasidan tashqariga qarasangiz
daraxtlar, simyog‘ochlar va binolar poyezd ketayotgan yo‘nalishning
teskarisiga, ya’ni orqaga tomon yugurib ketayotgandek tuyuladi. Buni
ko‘pchiligingiz kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Ammo yo‘lovchida poyezd o‘z o‘mida
qimirlamay turibdi-yu, daraxtlar, simyog‘ochlar harakat qi- layotgandek
taassurot qoldiradi. Xuddi shunga o‘xshash, bizga Yer emas, balki Quyosh va
yulduzlar harakatlanayotgandek tuyuladi, chunki biz o‘zimiz Yer bilan birga
aylanamiz. Quyoshning chiqib-botishi uning faqat ko‘rinma holatidir. Aslida
Quyosh chiqib-botmaydi. Quyoshning osmondagi ko‘rinma harakati, tun bilan
kunning almashinib turishining asosiy sababi — Yerning g‘arbdan sharqqa qarab
24 soatda bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqishidir. Yer sharining o‘z
o‘qi atrofida 24 soatda to‘liq bir aylanib chiqadigan vaqtiga sutka deyiladi.
Quyosh bir sutka davomida Yer
sharining hamma tomonini bir yo‘la yorita olmaydi. U navbat bilan Yeming goh
bir tomonini, goh ikkinchi tomonini yoritadi, binobarin, Yerning aylanib
Quyoshga qaragan tomonida kun, Quyosh nuri tushmay turgan tomonida tun
bo'ladi. Yerning sutkalik harakati natijasida kun bilan tun chegarasi Yer sathi
bo‘ylab g‘arbga tomon siljiy boradi. Shuning uchun har 12 soatda Yer sharining
manzarasi o‘zgaradi: Quyosh tepamizda turgan joyda 12 soatdan keyin yarim kecha
bo‘ladi.
Yeming o‘z o‘qi atrofida
aylanishini isbotlovchi dalillardan yana biri — Fuko mayatnigining harakatidir.
Fransuz fizigi Fuko Parijning
eng baland binolaridan biri- ning shipiga 30 kilogrammlik toshni uzunligi 70
metr keladigan sim bilan osib qo‘yib mayatnik yasaydi. Har qanday mayatnik
hamma vaqt bir yo‘nalishda, ya’ni dastlabki harakat- ga keltirilgan
yo‘nalishida tebranishga intiladi.
Fransuz fizigi Fuko Yeming
aylanishini mayatnikning ana shu xususiyatidan foydalanib kuzatish mumkinligini
tushuntir- di. Mazkur mayatnik osib qo‘yilgan ship ham, binoning o‘zi ham Yer
bilan birga aylanganligidan, tebratib yuborilgan mayatnik Yerning harakatiga
qarshilik ko‘rsatishi va o‘zining dastlabki yo‘nalishida tebranishga intilishi
lozim. Binobarin, shipiga mayatnik osilgan bino Yeming aylanishi tufayli
burilishi bilanoq mayatnik o‘zining tebranish yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak.
Fuko 1851-yilda tajriba
o‘tkazdi. Tajriba natijalari uning hisob-kitobini tasdiqladi: mayatnik tebratib
yuborilib bir necha minut o‘tgach, kuzatib turuvchi kishilar mayatnikning
harakat yo‘nalishi o‘zgara boshlaganini payqadilar.
Mayatnik qancha katta bo‘lsa,
uning tebranish yo‘nalishi o‘zgarishini payqash shuncha oson bo‘ladi, katta
mayatnik uzoq vaqt tebranib turadi. Shuning uchun ham Fuko o‘z tajribasida
katta mayatnikdan foydalandi.
Fuko mayatnigi bilan boshqa
joylarda ham tajriba o‘tkazildi. 1931-yili Sankt-Peterburgdagi Is’hoq
jomesida simining uzunligi 98 metr va toshining og‘irligi 60 kilogramm keladigan
mayatnik yasaldi. Mayatnik bir necha marta tebrangach, uning yo‘nalishi
o‘zgarganligini payqash mumkin bo‘ldi.
Bir sutka necha soat? Bu savolga
ko‘pchilik hech ikkilanmay, qat’iy ishonch bilan 24 soat deb javob beradi. Bu
to‘g‘ri javobmi? Yo‘q, albatta. Yer o‘z o‘qi atrofidan 24 soatda emas, balki 23
soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqt yulduz sutkasi deb yuritiladi.
Yulduz sutkasining boshlanishi yil davomida turli vaqtlarga to‘g‘ri keladi.
Insonning hayoti, Yerning tabiati yulduzdan ko‘ra Quyoshga ko‘proq bog‘liq.
Shuning uchun insonlar quyosh vaqtiga amal qiladi. Haqiqiy quyosh vaqti yulduz
vaqtidan farq qiladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.