Yuklanmoqda...

2-noyabr Hindistonda Karva Chout festivali bo'lib o'tadigan kun 

52

Karva Chout-Hindistonning ba'zi joylarida bo'lib o'tadigan turmushga chiqqan ayollarning an'anaviy festivali. Hindiston va uning chegaralari hindulari ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ega bo'lgan bu festivalni qadrlashadi. Bu kuni turmushga chiqqan ayollar suv va ovqatdan voz kechadilar, eriga uzoq va baxtli hayot tilaydilar. Ayni marosim xotinni eriga nisbatan vafodorlik ramzi bo'lib xizmat qiladi va uning eson-omon bo'lishlari uchun hamma narsaga tayyor ekanliklarini bildiradi. Festivalni bayram qilish – Kartik oyida (eski hind kalendari bo'yicha), oktyabr, noyabrda (Grigorensk kalendari bo'yicha) o'tkaziladi. Kartikki Chout – oy to'lgandan keyin 4-kuni  Divali bayramiga 9 kun qolganda bo'lib o'tadi. Karva Chout festivalini paydo bo'lishi haqida bir nechta afsonalar bor. Ulardan biriga ko'ra Karva ismli ayol erini timsohdan qutqarib qolib, o'lim farishtasi Yama timsohni do'zaxga yuborishini so'rab xudoga iltijo qiladi. Agar bu iltijoni amalga oshirmasa uni qarg'ashini aytadi va Yama vafodor ayolning qarg'ishidan qo'rqib timsohni do'zaxga olib ketadi. Karva esa eri bilan birgalikda uzoq umr kechiradi. Ayolning erini eson-omonligi uchun o'lim farishtasiga ham qarshilik ko'rsata olishi ayollarning vafodorlik va fidokorlik ramziga aylandi. Ko'pchilik ayollar Karva Choutni kelishini sabrsizlik bilan kutadilar,bu bayram ularni erlarigagina emas, ularning qarindoshlariga ham yaqinlashtiradi, bundan tashqari qarindoshlar va yaqinlarni ham yo'qlash imkonini beradi. Bu kuni erlar xotinlariga ularning sevgilari va sadoqatlari uchun sovg'alar va taqinchoqlar beradilar.Qizlar bashang sarilarini kiyadilar va o'zlarining eng yaxshi taqinchoqlarini taqadilar, bir-birlarinikiga mehmonga boradilar, qarindoshlari bilan uchrashadilar. Ro’za oy chiqqandan keyingi oy chiqgunga qadar davom etadi, shunda erining qo'lidan shirinlikni olib, ro’zani buzish va bayram pudjasini olib kelish mumkin. Karva Chopra hosil yig'ib olingandan so'ng o'tkaziladi va do'stlar va qarindoshlarni yo'qlashga eng zo'r imkoniyat hisoblanadi. Kechqurun pudja vaqti boshlanadi- xudoga sajda qilinadi va unga bayram karvasi olib kelinadi (karva-tuproqli kukun, shirinliklar, yong'oqlar, sindur va taqinchoqlar). 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash