3-fevral - Tailandda gullar festivali 

2 115

3-fevralda  Tailandda  chiroyli va taassurot qoldiruvchi voqea - Gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Bayram har yili, mamlakatning  shimoliy qismida Chiangmay shahrida o‘tkaziladi. Bu ajoyib bayram fevral oyining birinchi juma kunida nishonlanib, uch kun davom etadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p yillar avval Chiangmay shahrining nomi "shimol atirguli” bo‘lgan. U Tayland  shimolidagi eng chiroyli shahar hisoblangan. Mahalliy aholi  ko‘p vaqtini gullar ko‘paytirish bilan o‘tkazgan. Bu marosim hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Va yiliga bir marta zamonaviy bog‘bonlar Gullar festivalida o‘z shoh gullarini namoyish qiladilar. Shahar aholisi har yili dunyo miqyosidagi ajoyib voqeaning aynan ularda o‘tkazilishidan juda faxrlanadilar. Agar shahar nomini rus tiliga tarjima qilinsa, "ko‘p gullar” degan ma’noni bildiradi. Chiangmay shahri bayram kunida yangilanadi. Ko‘chalarda saf tortib yurayotgan ayollar, erkaklar va bolalarni ko‘rish mumkin. Shaharning har bir burchagida rangli  sho‘x, tantanali marosimlar o‘tkaziladi. Sayyohlar bunday antiqa yurishlarda ishtirok etishga harakat qiladilar. Shahar bo‘ylab juda katta miqdorda turli tuman gullarni olib yurishadi. An’anaga ko‘ra, qizlar  bu bayramga  antiqa milliy liboslarni tikadilar, festival yakunida esa kunning eng chiroyli qizi tanlanadi. Tanlangan sohibjamol qiz "gullar malikasi”  nomiga sazovor bo‘ladi. Shu kuni barcha tadbirlar erta tongdan boshlanib, kechki paytda tugaydi. Festivalda turli qiziqarli marosimlar: tantananing ochilishi,yurishlar, gullar namoyishi va musobaqasi, yarmarkalar va go‘zallik malikalari tanlovlari o‘tkaziladi.

3-fevral Yaponiyada qadimiy va qiziqarli Sesubun bayrami
Sesubun  Yaponiyada qadimiy va  qiziqarli bayramlardan biri hisoblanadi. U norasmiy bayram bo‘lib, yaponlar Sesubunda bahor kirib kelishini nishonlashadi. Bu bayramning kelib chiqishi Xitoy falsafasi in-yan tushunchalari bilan bog‘liq. Yaponiyada an’anaga ko‘ra,  3-fevraldan 4-fevralga o‘tar kechasini  "Sesubun” deb nomlangan, undan oldingi kun Rissyun – oy taqvimi bo‘yicha bahor kirib keladigan kun bo‘lib, aynan shu paytda bahor qish bilan almashadi. Bayram kunida turli marosimlar o‘tkaziladi. Marosimda asosan,  soya dukkakli o‘simligidan foydalaniladi. 4-fevralga o‘tar kechasida, bolalar  dukkakli o‘simliklarni uy  xonalariga  sochib chiqishadi va ins -jinslarni haydash uchun afsunlar aytishadi. Marosim oxirida har bir bola o‘zining yoshiga qarab (7 yosh -7 dona) dukkakli o‘simlik iste’mol qiladi. Hozirgi kunda ba’zida soya dukkakli o‘simligini yeryong‘oq bilan almashtiriladi. Sesubun  bayrami  Braziliya, AQSh, Nepal, Hindiston, Togo va boshqa mamlakatlarida ham nishonlanadi.       

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.