Akulada nechta tish bor? 

8 216

  • Jayra tanasida taxminan 30000 taga yaqin igna bor.
  • Fil xartumi 40000 ta halqali muskullarda tashkil topgan.
  • Afrika kobrasi zahrini 3,5 m masofagacha socha oladi.
  • Qushlar orasida eng katta in, bu burgutnikidir.
  • Jirafaning faqat bo`yni emas, balki tili ham uzun bo`lib, 60 sm keladi.
  • Shiliqqurt hatto o`tkir ustara tig`idan yursa ham hech qayeri kesilmaydi.
  • Amazonkada uchraydigan "elektr ilonbaliq” 650 voltlik quvvatga ega.
  • Harakatdagi kolibrining yuragi minutiga 1200 marta, uxlaganda esa 50 marta uradi.
  • Eng "baqiroq” hayvon qarangki, bu timsoh ekan. Undan keyin begimot, uchinchi o`rinda sher turar ekan.
  • Avstraliyada yashaydigan kenguruning bir turi daraxtda yashab, umri davomida umuman yerga tushmaydi.
  • Sovuqqa eng chidamli hayvonlar g`oz va mushuk ekan. Bu jonivorlar 110 darajali sovuqda ham bemalol yashay oladi. Oq ayiq esa 80 darjali sovuqdan keyin muzlab qoladi.
  • Umurtqali hayvonlardan Avstraliya dengizlarida uschraydiga meduzasifat baliqning, umurtqasizlardan esa, o`rgimchak, chayon va krablarning qoni ko`k bo`ladi.
  • Ilk hayvonot bog`i qadimgi Xitoyda "Bilimlar bog`i” nomi bialn vujudga kelgan.
  • Daniyalik o`qituvchi Martens qushlar oyog`iga yengil metall taqishni o`ylab topgan.
  • Braziliyada uchraydigan yaltiroq qo`ng`izlar o`zidan kuchli nur taratadi. Shunday qo`ng`izlarning bir donasi bilan bemalol gazeta o`qish mumkin. Agar 5 donasi bo`lsa xonani yoritishi mumkin.
  • Pashshalarning bemalol ko`payishiga yo`l qo`yib berilsa, apreldagi 1 juft pashsha nasli sentabrga borib, 5598720 individga yetishi mumkin.
  • Agar 1 juft sichqonning bemalolko`payishiga yo`l qo`yib berilsa, ular 7 yildan so`ng yer kurrasidagi barcha quriqlikni egallab olgan bo`lardi.
  • Odamda 32 ta, ayiqlarda 40 ta, delfinlarda 96 ta tish bor. Lekin ovqatni delfin qiynalmay yutadi. Janubiy kitsimon akulalarda 15000 ta tish bor.
  • Tovuq tuxumida nafas oluvchi 7 mingta teshikchalar bor.
  • Chumchuq oshqozonidagi don 3-4 soatda, qo`ng`izlarda 1 soatda, qurtlarda 15 daqiqada hazm bo`ladi.
  • 1 soniyada: kolibri 20-25 , ayrimlari 50, ari, qovoqari 180-240, pashsha 330, chivin 594 marta qanot qoqadi.
  • Panamaning tropik o`rmonlaridan uzunligi atigi 0,8 mm li o`rgimchak topildi. Tailand changalzorlaridan esa eng mitti sutemizuvchi hayvon, ya’ni 3 sm uzunlikda, og`irligi 2 gr ga yetmaydigan ko`rshapalk turi aniqlandi.
  • Yerqazar (krot) yer qattiqroq bo`lsa, soatiga 18 m yerni qazishga ulguradi. Yumshoqroq yerda 6,5 soatda 747 m masofani qazib o`tishga muvaffaq bo`lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.