Dengiz hukmdori
Juda
qadim zamonlardan beri odamlar dengizni tomosha qilib zavqlanishadi. Shu bilan
birga ochiq dengizda suzayotganda ularda akulaga nisbatan doim xavotir va
ehtiyotkorlik tuyg'usi bo'ladi. Buning asosiy sababchilaridan biri ehtimol
dengiz suvlarining hukmdori bo'lgan akulalar to‘g‘risidagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri
ma’lumotlarga ega bo'lganimizdir.
Yer
yuzida yashaydigan yirtqichlar orasida akuladan odamlar ko'proq qo‘rqishadi. U
go'yoki odamzodga o‘zidan ham qudratliroq bo'lgan jonzot borligini eslatib
turganday bo'ladi.
Akula -
million yillar avval paydo bo'lgan betakror yirtqichdir. U kabi qadimiy
yirtqich jonzotning o‘zi yo‘q. Ular bir nechta rivojlanish bosqichlaridan
muvaffaqiyatli o'tishgan.
Akula
Yerda odamzod paydo bo'lishidan avval ham yashagan. Ulardunyoning barcha suv
havzalarida, har birokeanda, hattoki ayrim daryo va koilarda ham mavjud.
Akulani bemalol yana bir necha million yil yashashi mumkin bo'lgan yirtqich deb
atasak bo'ladi.
Xo'sh, odamlar
akuladan nimaga bunchalar qo'rqishadi? Agar ularning o'z o'ljalarini qanday
qilib osongina qo'lga kiritganlari yoki odamlarga tashlanganligi va ularning
ayanchli oqibati bunga sabab deydigan bo'lsak, u holda axir yo'lbars, bo'ri,
timsoh va shularga o'xshash yirtqichlarning ham odamlarga tajovuzlari
kuzatiladi-ku. Barcha vahshiy hayvonlar uchun odamzod yo o'lja yoki dushman
sifatida namoyon bo'ladi.
Akula deganda ko'z
oldimizda bahaybat og'iz va katta tishli qo'rqinchli maxluq gavdalanadi. Biroq
ularni tabiatda yaqindan kuzatish baxtiga muyassar bo'lgan bo'lsangiz, ularning
naqadargo'zalligi vajozibali harakatlanishlarini ham ko'rasiz.
Akula - baliqlar sinfiga mansub
suv hayvoni. Ularning eng yaqin qarindoshi skatlar bo'ladi.
Akulani dengiz va
okeanlarda yashaydigan boshqa sut emuzuvchilar bo'lgan kit, delfin, kasatkalar
bilan adashtirish to'g'ri emas.
Akula - bu baliq. Ularning 350 ga yaqin turi bo'lsa ham, barchasi go'shtxo'rdir. U yeb to'ymas maxluq hisoblanadi. Buning ajablanarli yeri yo'q. Axir ular tug'ilgan daqiqasidan boshlab doim harakatda bo'ladi. Harakat esa quvvatni talab etadi. Quwat organik ozuqa, ya’ni doimiy oziqlanish orqali hosil qilinadi. Akula o'ljasini boshqa yirtqichlar kabi ovlab, o'ldirib yeydi.
Akulaning oshqozoni unga tushgan hamma narsani hazm qilib yuborishi mumkin. Hattoki u yutib yuborgan metal va shunga o'xshash qattiq buyumlarni ham oshqozon kisiotasi bir zumda pachalab tashlaganidan uning nimaga doim och holatda bo'lishini tushunish mumkin.
Eng qizig'i esa, akulalarning ayrim turi, masalan, yo'lbarssimon akula oshqozonidagi keraksiz ozuqalarni og'zi orqali tashqariga chiqarib tashlar ekan. Keyin esa uni yaxshilab tozalab, chayib, yana o'z o'rniga qo'yadi. Bu jarayonda aqlni lol qoldiradigan jihatlaridan biri, akula shunday katta va o'tkir tishlar egasi bo'lishiga qaramay, oshqozonini tishlari bilan jarohatlamasligidir.
Akula o'z o'ljasiga tashlanar ekan, ko'zlarini yumib oladi. Buning sababi, qochayotgan o'lja uning ko'zlarini jarohatlamasligi uchun shunday himoyalanadi. Ular suzayotganida suvda qarshilikka uchramasligi uchun tanasi torpedasimon tuzilishga ega.

Akulalar bundan
420-450 mln yil avval ham yashagan. Ko‘zlari odamnikidan 10 marta yaxshi
ko‘radi. Akulalar odatda 8 km/soat tezlik bilan
harakatlanadi. Ov vaqtida esa tezligi 19km/soatga yetishi kuzatilgan.
Xitoyliklar akula suzgichlaridan tansiq taom tayyorlaydilar. Uni odatda hurmatli mehmonlargatortishadi. Akulalarda rakka qarshi immunitet mavjud deb hisoblashadi.
Akulalar nafas olib turishi uchun doim suzishi lozim. Ular odatda odamga birinchi bo'iib hujum qilmaydilar. Bunga odamlarning o'zlari yoki akulaning o'ljada adashishi sabab bo'lishi mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.