Dunyoning eng mitti qushi
Dunyodagi eng mitti qush – kolibri. Uning eng katta turi Janubiy
Amerikaning Ang tog`larida yashaydi va uning kattaligi atigi 22 sm ga yetadi.
Eng
kichkina vakili esa Kuba orollarida yashaydi, tumshug`ining uchidan demining
uchihacha 6 sm uzunlikka ega. U ham bo`lsa, tumshug`i va dumi hisobiga shunday
uzunlik qayd etilgan. Og`irligi esa, tasavvur qiling, 2 gr chiqadi. Yer yuzida
undan boshqa mitti qush yo`q.
Kolibri qushi yura olmaydi. Dunyoda kolibri qushining 350 turi uchraydi
(masalan: qilichtumshuq, qizil, yoqutbosh, sapfo, farishta, uzundum, yorqin,
bahaybat (qaldiqg`och kattaligida), raketadum).
U
tinch turganida yuragi har daqiqada 500 marta uradi. Jismoniy harakat vaqtida
yoki uchayotganida 1200 va undan ko`proq marotaba uradi. Uzog`I bilan 9 yil umr
ko`radi. Uyalarini o`tlardan quradi va uning uyasi yong`oq po`chog`ining kattaligidek
keladi. Uyasida esa ikkita no`xat kattaligidek 0,5 gr og`irlikdagi tuxumlarni
ko`rishingiz mumkin. Urg`ochi kolibri ularni 23 hafta davomida bosib o`tidari
va polaponlari tuxumni yorib chiqqach esa bir oygacha ularni boqadi, himoya
qiladi.
Kichkinaligiga qaramay ularning botirligiga havas havas qilish mumkin. Agar
kolibrining uyasiga aytaylik, ilon hujum qilsa, u hech qo`rqmay unga tashlanadi
va bolalarini himoya qilish uchun uzun tumshuqlari bilan dushmanining ko`zi
yoki burnini jarohatlaydi.
Kolibri gul nektarlari bilan oziqlanadi. Shuning uchun gullarga boy
bo`lgan tropic mintaqalarda keng tarqalgan. Quyosh nurida uning rangi tovlanib,
o`zgaradi. Ular hech qachon yerga qo`nmaydi. Uchib turgan holatda oziqlanadi.
Bu mitti qush sekundiga 78 martagacha qanot qoqadi. Boshqa hech bir qush u kabi yuqoriga, pastga va orqaga ucholmaydi.
Ko`rib turganingizdek, mitti kolibrining o`ziga xos xususiyatlari juda ko`p.
Bir
yerda muallaq uchib tura olishdan tashqari ushbu mitti qush mavsumiy ko`chishda
katta masofani dengiz ustidan to`xtamay uchib o`tadi. U shu uchishda 1000 km masofani 50 km soat tezlikda taxminan
yigirma soatlarda bosib o`tadi. Bu kolibridek og`irligi bor yo`g`I 7 gr
keladigan kichkina qushning organizmidan juda katta chidam, bardosh talab
qiladi.
Kolibri
nektar olayotganida tilini gul ichiga sekundiga 20 marta tiqib chiqadi.
Uxlaganida ko`rshapalak kabi daraxtga osilib, boshini pastga qilib uxlaydi.
U
gullarni changlatishi bilan foydalidir. Tabiatdagi ayrim gullar shunday
tuzilishga egaki, ularni kolibridan boshqa birorta qush changlata olmaydi.
Kolibri Amerikada yashaydi. Tropik va subtropik iqlimli yerlardan tortib to
Alyaskagacha yetadigan mintaqada uchraydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.