Jayra tanasida taxminan 30000 taga yaqin igna bor.
Fil xartumi 40000 ta halqali muskullarda tashkil topgan.
Afrika kobrasi zahrini 3,5 m masofagacha socha oladi.
Qushlar orasida eng katta in, bu burgutnikidir.
Jirafaning faqat bo`yni emas, balki tili ham uzun bo`lib, 60 sm keladi.
Shiliqqurt hatto o`tkir ustara tig`idan yursa ham hech qayeri kesilmaydi.
Amazonkada uchraydigan "elektr ilonbaliq” 650 voltlik quvvatga ega.
Harakatdagi kolibrining yuragi minutiga 1200 marta, uxlaganda esa 50 marta uradi.
Eng "baqiroq” hayvon qarangki, bu timsoh ekan. Undan keyin begimot, uchinchi o`rinda sher turar ekan.
Avstraliyada yashaydigan kenguruning bir turi daraxtda yashab, umri davomida umuman yerga tushmaydi.
Sovuqqa eng chidamli hayvonlar g`oz va mushuk ekan. Bu jonivorlar 110 darajali sovuqda ham bemalol yashay oladi. Oq ayiq esa 80 darjali sovuqdan keyin muzlab qoladi.
Umurtqali hayvonlardan Avstraliya dengizlarida uschraydiga meduzasifat baliqning, umurtqasizlardan esa, o`rgimchak, chayon va krablarning qoni ko`k bo`ladi.
Ilk hayvonot bog`i qadimgi Xitoyda "Bilimlar bog`i” nomi bialn vujudga kelgan.
Daniyalik o`qituvchi Martens qushlar oyog`iga yengil metall taqishni o`ylab topgan.
Braziliyada uchraydigan yaltiroq qo`ng`izlar o`zidan kuchli nur taratadi. Shunday qo`ng`izlarning bir donasi bilan bemalol gazeta o`qish mumkin. Agar 5 donasi bo`lsa xonani yoritishi mumkin.
Pashshalarning bemalol ko`payishiga yo`l qo`yib berilsa, apreldagi 1 juft pashsha nasli sentabrga borib, 5598720 individga yetishi mumkin.
Agar 1 juft sichqonning bemalolko`payishiga yo`l qo`yib berilsa, ular 7 yildan so`ng yer kurrasidagi barcha quriqlikni egallab olgan bo`lardi.
Odamda 32 ta, ayiqlarda 40 ta, delfinlarda 96 ta tish bor. Lekin ovqatni delfin qiynalmay yutadi. Janubiy kitsimon akulalarda 15000 ta tish bor.
Tovuq tuxumida nafas oluvchi 7 mingta teshikchalar bor.
Chumchuq oshqozonidagi don 3-4 soatda, qo`ng`izlarda 1 soatda, qurtlarda 15 daqiqada hazm bo`ladi.
Panamaning tropik o`rmonlaridan uzunligi atigi 0,8 mm li o`rgimchak topildi. Tailand changalzorlaridan esa eng mitti sutemizuvchi hayvon, ya’ni 3 sm uzunlikda, og`irligi 2 gr ga yetmaydigan ko`rshapalk turi aniqlandi.
Yerqazar (krot) yer qattiqroq bo`lsa, soatiga 18 m yerni qazishga ulguradi. Yumshoqroq yerda 6,5 soatda 747 m masofani qazib o`tishga muvaffaq bo`lgan.