Kasallik sababi atrof-muhit kasalligida 

9 295

 Sivilizatsiyaning asosiy ziddiyati shundaki, inson texnika taraqqiyoti yo‘liga o'tib, o‘ziga kerakli bo‘lgan mahsulot vabuyumlarni ishlab chiqarishda tabiatdan bepul xom ashyo manbasi sifatida foydalanmoqda.
 Rivojlanish jarayoni asta-sekin boshlanayotgan davrda insoniyat uchun tabiat manbalari abadiy va bitmas-tuganmasdek tuyulgan. Biroq XX asrning sanoqli o‘n yilliklarida tabiiy manbalardan foydalanish shunday darajaga etdiki, ularning kamayishi jadal tus oldi. Havo, suv va tuproq sanoat hamda boshqa chiqindilar bilan ifloslanib, sayyoramiz aholisining salomatligiga xavf tug‘dira boshladi.
 So‘nggi 30-40 yil davomida insoniyat hayoti atrof-muhit taqdiri bilan bog‘liq ekanini angladik. Ammo bu vaqtga kelib sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetikaning jadallik bilan rivojlanishi va yonilg‘ining ko‘p miqdorda yoqilishi insoniyatni ekologik halokat yoqasiga olib kelgan edi.
 Insoniyat oldida salomatlilk va hatto vujudga kelgan vaziyatda qanday jon saqlash muammosi paydo bo‘ldi.
 Kapitalizm rivojlanayotgan XIX asr boshlarida yirik fransuz biologi va faylasufi J. Lomark ushbu satrlami yozgan edi: "Yer yuzini yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan insoniyat vazifasi go’yo о ‘z zotini yo ‘q qilishdan iboratga o’ xshaydi”.
 Ko‘plab kasalliklarning asl sababi nimada?
 Bu birinchi navbatda shaharlarimizning bulg’angan havosi, ichayotgan suvimizning sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suv va suyuq chiqindilar bilan ifloslangani bilan bog’liq. Biz iste’mol qilayotgan ovqat tarkibida ko‘pincha kimyoviy moddalar bo‘ladi, chunki tabiiy mahsulotlar yetishtirishda kimyoviy o‘g'itlar qo‘llanadi. Axlatxonalar va sanoat korxonalari tuproqni ifloslantiradi. Yana bir sabab - ekologik savodsizligimizda, biz o‘zimizni kasalliklardan saqlash uchun atrof-muhitga tog’ri munosabatda bo’lishni bilmaymiz.
 Inson salomatligi uchun atmosferaning kimyoviy ifloslanishi xavfli hisoblanadi. Hozirgi paytda atmosferaga ilgari tabiatda bo‘lmagan yuzlab moddalar tushmoqda,
 Havoni eng ko’p ifloslantiruvchi omil bu avtoulovlardir. Avtoulov havoga isli gaz, azot oksidi, oltingugurt, zaharli benzapiren chiqaradi. Atmosferani ifloslantiruvchi moddalaming 30 foizi - bu avtoulovlaming ulushi. Bundan tashqari, avtoulov kislorodni ko’p iste’mol qiladi va ko’p yonilg‘i sarflaydi.
 Atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar, neftni qayta ishlovchi korxonalar turadi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar turli-tumandir. Ekologlar 2 mingga yaqin atmosferani ifloslantiruvchi moddalami sanab о ‘tishgan. Ular о ‘z tabiati, ya’ni zichligi va inson organizmiga ta’sir muddatidan kelib chiqib turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Atmosfera ifloslanishining organizmga ta’siri insonning individual xususiyatlari - yoshi, jinsi va salomatligiga bog’liq. Odatda, yoshbolalar, keksalarva bemorlar zaif bo‘ladilar. Atmosferaning ifloslanishi o‘pka, allergiya, yurak-tomir, onkologik kasalliklar rivojlanishiga sharoit tug’diradi.
  Suv havzalarning ifloslanishi ham inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Ayniqsa, ochiq suv manbalari - daryo, ko‘l va hovuzlar odatda ifloslangan bo‘ladi. Ifloslangan suv manbalari ich ketish, sariq, ich terlamasi kabi epidemiyalar keltirib chiqargani ham ma’lum.
 Atrof-muhitga shovqin bilan ta’sir ko’rsatish ham salomatligimizga putur yetkazadi. Doimiy yangragan baland tovush va shovqin insonning eshitish a’zolari, yurak-tomir va markaziy asab tizimi kasallanishiga olib keladi.
  Shovqin turlicha bo‘ladi va inson organizmiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda shifokorlar yangi - shovqin kasalligi haqida gapirishmoqda.
 Bizning sog‘lig‘imiz axlatxonalar va sanoat korxonalari chiqindilari qanday saqlanayotgani hamda shaharlarimizdagi mavjud sharoit tabiiy muhitga qanchalik yaqin ekaniga bog'liq. Shahar qanchalik yashil va daraxtlar qanchalik ko‘p bo‘Isa, dard shunchalik kam bo‘ladi.
  Xiyobon va bog‘larni bekorga shaharlarning "o‘pkalari” deyishmaydi. Daraxtlar havoni tozalaydi, shovqinni kamaytiradi, atmosferani namlaydi, shahar ekologiyasini yaxshilaydi.
  Ekologlarning fikricha, shaharliklar yaxshi nafas olishlari uchun ularning har biriga 50 m.kv.ga yaqin yashil hudud kerak. Afsuski, bizda hozir bunday sharoit yo‘q. Yana shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunga kelib ham atrof-muhitni yaxshilashdagi o‘z o’mimizni anglab olmadik va shuning uchun salomatligimizga putur yetmoqda. Keling, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘raylik.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.