Muhit 

10 937

 Organizmning tevarak - atrofini o‘rab olgan va turlicha ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi shu organizmning yashash muhitini tashkil etadi.
 Tashqi muhit ko‘pgina ekologik omillardan iborat. Bu omillar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi: abiotik (o‘lik) omil, biotik (tirik) omil, antropogen (inson) omili. Tashqi muhit omillari tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
 Masalan, turli ifloslanish darajasiga ega bo‘lgan muhitda kasalliklarga chalinish, radioaktiv omillardan nurlanish va hokazolar kuzatiladi. Albatta, bunday muhit sun’iy, ya’ni inson ishtirokida sodir bo‘ladi. Suv, tuproq, havo esa asosiy hayot muhiti hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida turli zararkundalar, kasalliklar, begona o‘tlarga qarshi va boshqa maqsadlarda zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bular pestitsidlar deb atalib, tashqi muhitga tarqalib uni ifloslantiradi. Buning oqibatida bizni o‘rab turgan suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarning pestitsidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug‘iladi.
  Tashqi muhit omillariga chidamli pestitsidlar, ayniqsa, xavflidir, chunki ularning turli ob’ektlarga tinmay o‘tib turishi, mazkur joylarda to‘planib borib hayvonlar hamda odam organizmiga tushib qolishi mumkin.
Pestitsidlarning tashqi muhitdagi bir joydan ikkinchi joyga o‘tib borishiga misol keltiramiz. Daryo, ko‘l va hovuz suvlarini tekshirib, bu suvlarda 0,025 mg/1 miqdorda pestitsid borligi aniqlangandir.
Muhit sifatida okeanlardagi organizmlar uchun suvning sho‘rlanish darajasi muhim ahamiyatga ega. Bunday suvda yashovchi organizmlar sho‘rlangan suvga moslashgan bo‘lib, ularning ayrimlari himoya vositalariga ega.
  Havo va tuproq ham muhit sifatida, tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Havoning turli sanoat korxonalaridan, avtoulov yonilg‘ilaridan chiqadigan tutunlar, zaharli chiqindilardan ifloslansa, tuproq ham turli o‘g‘itlardan, kimyoviy moddalardan, iflos suvlardan zararlanadi. Lekin bu muhitning barcha elementlari ifloslanishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Yuqoridagi salbiy ta’sirlar odamlarda turli kasalliklarni yuzaga keltirmoqda.
  Tashqi muhitni ozoda saqlash, uning har bir elementlarini asrash har birimizning asosiy vazifamizdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.