Zaharli moddalar 

11 626

  Tabiatni muhofaza qilishning yana bir yangi muammosi bu tashqi muhitni zaharli moddalar bilan ifloslanishdan saqlashdir. Bunday moddalar tarkibiga kimyoviy moddalarni, ya’ni qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlarni kiritish mumkin. Ma’lumki, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashishda, yuqori hosil olishda zaharli kimyoviy moddalar (pestitsidlar) katta ahamiyat kasb etadi. Chunki turli zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan juda katta zarar ko‘riladi. Bu zarar yalpi hosilning 10-20%ini tashkil etadi. Shu sababli, dunyoda qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan 100 mingdan ortiq kimyoviy moddaning 50 foizi pestitsidlarga to‘g‘ri keladi. 0‘zbekistonda yiliga 135-140 mingt. zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladi. Yer shari bo‘yicha har gektar qishloq xo‘jalik maydoniga o‘rtacha 1 kg pestitsid to‘g‘ri kelsa, bu miqdor 0‘zbekistonda 35 kg ni tashkil etadi.
  0‘zbekistonda, xalq xo‘jaligida insektitsidlar (zararli hasharotlarga qarshi), akaritsidlar (kanalarga qarshi), fungitsidlar (kasallik tarqatuvchi zamburug‘larga qarshi), gerbitsidlar (yovvoyi o‘tlarga qarshi), bakteritsidlar (zararli bakteriyalarga qarshi), zootsidlar (zararli kemiruvchilarga qarshi) kabi zaharli kimyoviy moddalar ishlatilmoqda. Bunday moddalar tez parchalanmay, o‘z xususiyatini uzoq vaqt saqlab, biosferada moddalar almashinuvida qatnashadi.
  Oqibatda, pestitsidlar ma’lum miqdorda tuproqda, suvda, havoda ular orqali o‘simlik, hayvon va inson organizmida to‘planadi. Bu esa ayniqsa, inson organizmida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘iadi, hamda nasldan-naslga o‘tib, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra saraton kasalligining 80% geografik muhitning ifloslanishidan vujudga keladi.
  Ko‘pgina olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, pestitsidlardan foydalanib, hosildorlikni oshirish o‘rniga hosilni kamayib ketayotganligi kuzatilmoqda. Chunki bu moddalar tuproq tarkibini buzadi, foydali mikroorganizmlarni ham o‘ldiradi va aksincha, zararkunandalar, begona o‘tlar, zamburug‘lar moslashib, chidamli bo‘lib qolayapdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.