Ekologik siyosat 

8 864

 Atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish ishlab chiqarishning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi hamda aholi hayotiga jiddiy xavf soladi. Shu munosabat bilan tabiat muhofazasi bo‘yicha turli xil harakatlar va tashkilotlar vujudga keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida ekologik siyosat yurgizila boshladi. Tabiatni muhofaza qilish borasida qonunlar qabul qilindi, atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha davlat tashkilotlari tuzildi. Natijada XX asrning 80-yillaridan boshlab jahonning ayrim mintaqalarida atrof-muhitning ifloslanish darajasi kamaya boshladi. Ammo jahondagi ko‘pchilik davlatlarda ekologik sharoit hamon keskinligicha qolmoqda. Ekologik siyosatni olib borish va amalga oshirish uchun ayrim davlatlarning harakatlari yetarli emas. Buning uchun jahon hamjamiyatining birgalikdagi harakati zarur. BMT tarkibida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha maxsus komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda (YUNEP). Bu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston olimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.