Yer yuzida kim hukmron? Tabiat yoki inson? 

8 900

  Yer yuzi yaralibdiki, unda ma'lum bir tabiiy muhit o'z hukmini o'tkazib kelmoqda. Xususan, yerda ilk bor suv muhiti, undan so'ng qurg'oqchilik muhiti avj olgan. Bu holat bir necha asrlar davomida sodir bo'lgan. Shu bugungacha bo'lgan vaqt davomida ona tabiatimiz o'zining turfa sirlarini insoniyat tominidan ocha boshladi.
 Yerimizning tabiati turli joyda turfa xildir. Vaholanki, diyorimiz O'zbekiston tabiati hech bir yurtda uchrmaydi.
  Yurtimiz tabiatining go'zal bog'lari, pirviqor tog'lari, iqlim ob-havolari, mavj urib oqayotgan daryolari, bepoyon sahro cho'llari, o'simligu hayvonot dunyolari hech shubhasiz jannatmakon yurtim ko'rkiga ko'rk qo'shmoqda.Tabiatimizning bu qadar jozibali ekanligi, Ollohning bizga bergan yuksak in'omlaridan biridir.
  Ma'lumki, biz tabiatni onaga qiyos etamiz. Chunki, bunga sabab tabiat odamzodni o'z bag'rida ulg'aytirdi, o'zining shirindan shaker ne'matlari va shifobaxsh suvlari ila inson dilini xushnud etdi.Go'yoki ona bolasini qanchalar ardoqlasa , tabiat ham bizni shunchalar ardoq etmoqda.
  Ammo savol tug'iladi, insonlar ham ta­biatni ardoqladilarmikin?
  Inson yaraliptiki tabiatning nozu ne'matlaridan bahramand bo'ldi. Undan o'z manfaat va ehtiyolari yo'lida ayovsiz foydalanib kelmoqda.
 Yer yuzining yer ustki, yer ostki manbalaridan, suv muhiti omillaridan o'z taraqqiyoti uchun foydalanayotgan inson bugunga kelib ko'plab ekologik muammolarning vujudga kelishida asosiy sababchi hisoblanadi. Bundan 3-4 asr oldin tabiat gullab yashnagan, o'simliklar barq urib o'sgan edi. Biroq XX asr o'rtalarida bo'lib o'tgan 2-jahon urishi, shuningdek, turli texnik vositalarning kirib kelishi  shubhasiz.
  XXI asrning fan texnika asri ekanligi va bu davrda turli elektrotexnologik asbob - uskunalarning, mingdan ortiq avtomobil rusumlarining yaratilishi va ularning keng ommaga targ'ib etilishi atrof-tabiiy muhitga o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymadi. 
  Jumladan, turli biokimyoviy, kimyoviy korxonalarning tashkil etilishi vaholanki, ularning aholi istiqomat qiluvchi joylarda ishga tushirilishi tabiatimizning havo, suv, litosfera-tuproq va o'simligu hayvon, eng asosiysi odam organizmiga katta miqtorda ta'sir ko'rsatishi yer yu­zida muammoli holatlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.
  Ekologik muammolarning havo muhitida sodir bo'lishida, asosan, atmosfraga katta miqdor-da gazsimon moddalarning chiqarilishi sabab bo'lmoqda. Oddiy bir misol, bitta yengil avtomobil yiliga 2 t benzin sarf qilib, 30 t kislorodni qabul qilarkan, shuningdek, u 60 kg is gazi (CO) va 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashmalar (aerozol), 3 kg.gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg.dan yuqori haroratli karbonot angidridi va boshqalarni chiqaradi. Tasavvur qiling, yer yuzida millionlab avtomobillar bo'lib ularning har biri yiliga yuqorida aytilgan ko'rsatkichda havoga gazsimon moddalar ajratadigan bo'lsa, hech shubha yo'qki, "Ozon qavatining yemirilishi" yoki "Havo dimiqishi" kabi holatlar yildan-yilga oshib bora veradi. Xususan, ayrim sanoat ko`rxonalaridan chiqayotgan azot gazlari tufayli atmosfera ifloslanishi aholi orasida yurak, asab, qon-tomir, qon bosimining ortishi kabi kasalliklarning paydo bo'layotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Zero, tabiatni ifloslantirmoq hayotimizni ifloslantirmoq bilan barobardir.
  Ekologik muammolarning suv, tuproq va biosferada ham ko'p uchratish mumkin. Bular­ning bariga insoniyatning xirs yo'lida har qanday imkoniyatdan foydalanayotganligi turtki bo'lmoqda. 
  Jahon hamjamiyatida, shuningdek, yurtimiz mustaqillikka erishgandan  so'ng ekologik muammolarni bartaraf etishga doir ko'plab samarali ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, ta'lim maskanlarida ekologiyaga doir fanlarning targ'ib va tatqiq etilishi, tabiatni asrab-avaylashga doir, ularning ongiga singdiriluvchi tadbirlarning tashkil etilishi fikrimizning isbotdir.
  Ma'lumki, obod va ozod yurtimizda ekologik xilma-xillikni asrashga doir turli milliy hasharlar amalga oshiriladi.
   Ekologik xilma xillikni saqlash yurtimizda huquqiy jihatdan ham keng miqyosda yo'lga qo'yilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilishga doir Konstitutsiyamizda ma'lum qononlar mavjuddir. Jumladan, "Fuqarolar atrof-tabiiy-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar."
                                                              (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda)
"Yer, yer osti, yer usti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar Umummilliy boyligimizdir.
(O'zbekiston Respub­likasi Konstitutsiyasi 55-modda)
  Yuqorida aytilganidek, tabiatni huquqiy jihatdan muhofaza qilish ekologik muammolarni ko'payishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Zamon talabiga ko'ra ekologik muammo­larni bartaraf etishga doir yangi va samarali ishlar amalgam oshirilmoqda. Xususan, bu borada mening o'z fikr va mulohzalarim mavjud.
  Zamona zo'rniki deganlaridek, hozirgi kunda deyarli barcha insonlarda avtomobil bo'lib, ulardan kundalik hayotda keng foydalanadilar. To'g'ri transport uzog'imizni yaqin qiluvchi vosita, ammo, uning atrof-muhit uchun hoqulayliklari talaygina. Biz bundy noqulayliklarni kamaytirishimiz mumkin. Buning uchun kishilar avtoulovlar o'rniga velosipedlardan foydalanishlari o'rinlidir. Chunki, ular ekologiya uchun xavf tug'dirmaydigan, inson sog'ligi uhun foydali hisoblangan maishiy xizmat vositasidir.
  XXI asrda kishilarning dunyoqarashi batamom o'zgardi. Ular yangilik yaratishga, nimanidir ixtiro qilishga harakat qila boshladilar.Yaratilayotgan texnik uskunalari yordamida tabiat ustidan hukmron bo'lishga intiladilar. Insonlarning bu xatti harakati tufayli muammoga yuz tutgan savol paydo bo'ldi: "Yer yuzida kim hukmron? tabiat yoki inson".
  Insonlarning taraqqiy etishga bu tarzda qirishib ketishi quvonarli hol, albatta. Biroq rivojlanish tufayli ekologiyaga xavf tug'dirishning oxiri xalokatli yakun topishi muqarrardir.
Illo, "Tabiat ustidan g'alaba - inson falokatidir." Shuning uchun ham bu ikki unsur doimo muvozanatda bo'lmog'i lozim. Aks holda inson o'z nafsi qurboniga aylanib qoladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.