Kasallik sababi atrof-muhit kasalligida
Sivilizatsiyaning
asosiy ziddiyati shundaki, inson texnika taraqqiyoti yo‘liga o'tib, o‘ziga kerakli bo‘lgan mahsulot vabuyumlarni ishlab chiqarishda tabiatdan bepul
xom ashyo manbasi sifatida foydalanmoqda.
Rivojlanish
jarayoni asta-sekin boshlanayotgan davrda insoniyat uchun tabiat manbalari
abadiy va bitmas-tuganmasdek tuyulgan. Biroq XX asrning sanoqli o‘n
yilliklarida tabiiy manbalardan foydalanish shunday darajaga etdiki, ularning
kamayishi jadal tus oldi. Havo, suv va tuproq sanoat hamda boshqa chiqindilar
bilan ifloslanib, sayyoramiz aholisining salomatligiga xavf tug‘dira boshladi.
So‘nggi
30-40 yil davomida insoniyat hayoti atrof-muhit taqdiri bilan bog‘liq ekanini
angladik. Ammo bu vaqtga kelib sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetikaning
jadallik bilan rivojlanishi va yonilg‘ining ko‘p miqdorda yoqilishi insoniyatni
ekologik halokat yoqasiga olib kelgan edi.
Insoniyat
oldida salomatlilk va hatto vujudga kelgan vaziyatda qanday jon saqlash
muammosi paydo bo‘ldi.
Kapitalizm
rivojlanayotgan XIX asr boshlarida yirik fransuz biologi va faylasufi J. Lomark
ushbu satrlami yozgan edi: "Yer yuzini yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan
insoniyat vazifasi go’yo о
‘z zotini yo ‘q qilishdan iboratga o’ xshaydi”.
Ko‘plab
kasalliklarning asl sababi nimada?
Bu
birinchi navbatda shaharlarimizning bulg’angan havosi, ichayotgan suvimizning
sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suv va suyuq chiqindilar bilan
ifloslangani bilan bog’liq. Biz iste’mol qilayotgan ovqat tarkibida ko‘pincha
kimyoviy moddalar bo‘ladi, chunki tabiiy mahsulotlar yetishtirishda kimyoviy
o‘g'itlar qo‘llanadi. Axlatxonalar va sanoat korxonalari tuproqni
ifloslantiradi. Yana bir sabab - ekologik savodsizligimizda,
biz o‘zimizni kasalliklardan saqlash uchun atrof-muhitga tog’ri munosabatda
bo’lishni bilmaymiz.
Inson
salomatligi uchun atmosferaning kimyoviy ifloslanishi xavfli hisoblanadi.
Hozirgi paytda atmosferaga ilgari tabiatda bo‘lmagan yuzlab moddalar tushmoqda,
Havoni eng ko’p
ifloslantiruvchi omil bu avtoulovlardir. Avtoulov
havoga isli gaz, azot oksidi, oltingugurt, zaharli benzapiren chiqaradi.
Atmosferani ifloslantiruvchi moddalaming 30 foizi - bu avtoulovlaming ulushi.
Bundan tashqari, avtoulov kislorodni ko’p iste’mol qiladi va ko’p yonilg‘i
sarflaydi.
Atmosfera
havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda issiqlik elektr
stansiyalari, qozonxonalar, neftni qayta ishlovchi korxonalar turadi.
Atmosfera
havosini ifloslantiruvchi moddalar turli-tumandir. Ekologlar 2 mingga yaqin
atmosferani ifloslantiruvchi moddalami sanab о ‘tishgan. Ular о ‘z tabiati, ya’ni zichligi va inson organizmiga ta’sir
muddatidan kelib chiqib turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Atmosfera
ifloslanishining organizmga ta’siri insonning individual xususiyatlari - yoshi,
jinsi va salomatligiga bog’liq. Odatda, yoshbolalar, keksalarva bemorlar zaif
bo‘ladilar. Atmosferaning ifloslanishi o‘pka, allergiya, yurak-tomir, onkologik
kasalliklar rivojlanishiga sharoit tug’diradi.
Suv
havzalarning ifloslanishi ham inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Ayniqsa,
ochiq suv manbalari - daryo, ko‘l va hovuzlar odatda ifloslangan bo‘ladi.
Ifloslangan suv manbalari ich ketish, sariq, ich terlamasi kabi epidemiyalar keltirib
chiqargani ham ma’lum.
Atrof-muhitga
shovqin bilan ta’sir ko’rsatish ham salomatligimizga putur yetkazadi. Doimiy
yangragan baland tovush va shovqin insonning eshitish a’zolari, yurak-tomir va
markaziy asab tizimi kasallanishiga olib keladi.
Shovqin
turlicha bo‘ladi va inson organizmiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda
shifokorlar yangi - shovqin kasalligi haqida gapirishmoqda.
Bizning
sog‘lig‘imiz axlatxonalar va sanoat korxonalari chiqindilari qanday
saqlanayotgani hamda shaharlarimizdagi mavjud sharoit tabiiy muhitga qanchalik
yaqin ekaniga bog'liq. Shahar qanchalik yashil va daraxtlar qanchalik ko‘p
bo‘Isa, dard shunchalik kam bo‘ladi.
Xiyobon
va bog‘larni bekorga shaharlarning "o‘pkalari” deyishmaydi. Daraxtlar havoni
tozalaydi, shovqinni kamaytiradi, atmosferani namlaydi, shahar ekologiyasini
yaxshilaydi.
Ekologlarning
fikricha, shaharliklar yaxshi nafas olishlari uchun ularning har biriga 50 m.kv.ga yaqin yashil hudud
kerak. Afsuski, bizda hozir bunday sharoit yo‘q. Yana shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunga kelib ham
atrof-muhitni yaxshilashdagi o‘z o’mimizni anglab olmadik va shuning uchun
salomatligimizga putur yetmoqda. Keling, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘raylik.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.