Astana shahri aholisi million kishiga yetdi 

4 038

  Qozog`iston poytaxti Astana shahridagi 1-perinatal markazda shahar aholisi soni bo’yicha millioninchi qizalog`i dunyoga keldi. Bu haqda Telegraf.uz sayti xabar berdi.
Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev ushbu voqelik bilan qozoq xalqini tabrikladi. Qizaloq tug`ilgan oilaga kvartira sovg`a qilindi.
  — Bugun (2016-yil 4-iyul) Astanada millioninchi qizaloq tug`ilganini katta mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Endi Astana bir million aholisi bor shaharga aylandi. Barchani tabriklayman! — dedi prezident.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.